£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Industrlashtirish  XX asr 20-yillari o’rtalaridan e’tiboran sovetlarning butun diqqat-

e’tibori  mamlakatni industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, 

industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri 

hisoblanardi. VKP (b) XIV s’ezdida (1925) mamalakatni industrlashtirish sotsializmni 

barpo etishning bosh strategik vazifasi, deb belgilandi. Hukmron Markaz bu asosiy 

vazifani bajarishga xalqni safarbar etar ekan, bunda bu ishni mamlakatning barcha 

mintaqalarida, jumladan, O’zbekistonda ham tezkor sur’atlarda amalga oshirishga qarata 

qat’iyan yo’l tutdi.  

O’zbekistonda industrlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko’p narsaga 

umid bog’lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o’lkada ko’plab sanoat korxonalari va 

tarmoqlarini yaratish yo’li bilan uning boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish

arzon ishchi kuchidan foydalanish va oxir-oqibatda Markaz uchun ko’proq foyda undirib 

olishni ko’zlaganlar. 

Industrlashtirish jarayoni O’zbekistonni Markaz ta’siriga olish, uning hukmiga 

yanada bo’ysundirish uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shundaki, zamonaviy 

sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish, ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti 

uchun g’oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko’p miqdordagi 

moliyaviy resurslar, pul mablag’lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-texnika salohiyati, 

ko’p sonli yuqori ma’lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va 



 

227


hokazo omillar bilan bog’liq edi. Bunday salohiyatga O’zbekiston mutlaqo ega emas edi. 

Negaki, respublika bu davrga kelib, xalq xo’jaligi tarmoqlarini qaytadan tiklashga arang 

erishib borayotgan edi. Shu bois bu mintaqada industrlashtirish jarayonining 

tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita Markaz va Kommunistik partiya bo’ldi. Bu 

o’rinda aytish joizki, ittifoq hukumatining rejasida O’zbekistonda zamonaviy yirik 

industrial tarmoqlarni emas, balki ko’proq xomashyoni qayta ishlaydigan sanoat 

korxonalari, tog’-kon sanoatini rivojlantirishga asosiy urg’u berilgandi. Negaki, bu hudud 

Markaz uchun ko’proq xomashyo mahsulotlari etkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak 

edi. Shu bois ham muhim e’tibor paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq tarmoqlarni 

rivojlantirishga qaratilgandi. O’zbekistonda 1925 yilda atigi 21 sanoat tarmog’iga taalluqli 

149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta 

ishlashga moslashgan edi. 

Industrlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. 

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg’ilon va Shahrisabzda pillakashlik 

fabrikalari, Farg’ona va Toshkent  to’qimachilik, Chirchiq elektrokimyo  kombinatlari, 

Toshkent mashinasozlik zavodi va shu singari korxonalar qurildi. O’sha davr rasmiy 

ma’lumotlariga ko’ra O’zbekistonda birinchi besh yillik (1928-1932 yy)da 289 ta va 

ikkinchi besh yillik (1933-1937 yy) davrida 189 ta sanoat korxonalari barpo etilgan. 

Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Olmaliq, 

Bekobod, Angren, Yangiyo’l, Quvasoy kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925-1940 

yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga etdi. Toshkent-Angren temir 

yo’li, Toshkent-Termiz katta avtomobil yo’li qurildi.  

Ikkinchi jahon urushiga qadar O’zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va 

o’rtacha sanoat korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o’z ichiga olardi. 

Garchand sanoat qurilishi ancha ko’zga ko’rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga 

erishgan bo’lsa-da, biroq bu sohada ko’plab jiddiy muammolar, nuqsonlar mavjud edi. 

Avvalo, yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usullari 

O’zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur ildiz otgan edi. Jumladan, respublika 

metropoliyaning rangli va nodir metallar, oltingugurt, volfram, molibden, paxta tolasi, 

xom ipak bilan ta’minlovchi mintaqasiga aylantirildi.  

Markaz amri bilan respublikaning xomashyo, tabiiy resurslari ayovsiz 

ekspluatatsiya qilingan holda uning o’ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qanday 

nazar-pisand qilinmasdi. O’zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining talay qismi 

to’lig’icha ittifoq ixtiyoriga bo’ysunardi. Binobarin, ularning ishlab chiqargan 

mahsulotlari va undan keladigan tushumlar ham Markaz xazinasini boyitishga xizmat 

qilardi.  

Respublikada industrlashtirishning muhim bir xarakterli tomoni shundaki, bu 

jarayon davomida malakali ishchi kuchi etishmaganligidan, xususan RSFSR hududidan 

bu erga juda ko’plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar 

sinfi saflari to’ldirilib borildi. Jumladan, 1926 yildan to 1940 yilga qadar O’zbekiston 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling