281
ortiqroq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi mumkin» degan gumon bilan
yashab turgan joylaridan Sibir va Qozog’iston viloyatlariga ko’chirib yuborildi.
1943 yil oxiri, 1944 yil boshlarida qalmoqlar, qorachaylar, chechenlar, ingushlar,
bolkarlar, 1944 yil iyunda qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan
joylaridan O’rta Osiyo va Sibirga badarg’a qilindi. Ular fashistlar bilan «hamkorlik»
qilishda ayblanib, ommaviy qatag’on qilindi, yashirin va shoshilinch ravishda ko’chirildi.
Ko’pchilik odamlar, bolalar yo’lda halok bo’ldilar.
O’zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan
ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolkarlar, o’n minglab mesxeti turklari, greklar ko’chirilib
keltirildi. O’zbek xalqi ularni beg’araz kutib oldi, ta’na toshi otmadi, ularni
joylashtirishga, oziq-ovqat bilan ta’minlashga ko’maklashdi. O’zbek xalqi urush yillarida
Vatanidan badarg’a qilingan xalqlarga moddiy va ma’naviy madad berdi. Respublika
mahalliy hokimiyati ularga hosildor erlardan tomorqa er, uy qurish va xo’jalik yuritish
uchun kredit mablag’lari ajratdi. Ko’chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi
joylarga asta-sekin moslashdilar.
Stalincha milliy siyosat ko’plab xalqlarning milliy davlatchiligini buzdi, haq-
huquqlarini paymol qildi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy
madaniyati, qadriyatlari va an’analari oyoq osti qilindi. Zo’rovonlikning zararli oqibatlari
uzoq yillar davomida to’la bartaraf etilganicha yo’q, to’la vaqti-vaqti bilan milliy nizolar,
mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: