£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Qishloq xo’jaligi Urush respublika qishloq xo’jalik xodimlarini qattiq sinovdan o’tkazdi.
Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo’jaligi asosan paxta etishtirishga yo’naltirilgan bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlari ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq- ovqat keltirish to’xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur bo’lib qoldi. Ikkinchidan, ko’chirilib keltirilgan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko’payishi oziq-ovqatga bo’lgan talabni yanada oshirdi. Uchinchidan, kuch-quvvatga to’lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqatli ishlari keksalar, ayollar, o’smirlar zimmasiga tushgan edi. To’rtinchidan, MTS va sovxozlarga G’arbdan yangi traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to’xtab qoldi. Bugina emas, xo’jaliklardagi traktorlar, otlarning bir qismi Qizil Armiya ehtiyojlari uchun frontga olib ketildi. Urush yillarida respublika dehqonchiligining tarkibiy tuzilishi keskin o’zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda, don, qand lablagi, kanop, pilla, sabzavot-poliz mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish tadbirlari ko’rildi. Birinchi navbatda ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish tadbirlari ko’rildi. O’zKP(b) MQning birinchi kotibi Usmon Yusupov 1941 yil dekabrda bo’lgan MQning V Plenumida O’zbekistonda g’alla masalasini hal qilish, o’zimizni-o’zimiz un- non bilan ta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan, sug’oriladigan er maydonlari kengaytirildi. Zarang erlar, qo’riqlar, lalmikor erlardan ham foydalanildi. 1942 yilda 1408,1 ming gektar, 1943 yilda 2090,2 ming gektar erga g’alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlarini etishtirish ko’payib, 1941 yilgi 4,8 mln. ts. o’rniga 1943 yilda 5,3 mln. ts. don olindi. 278
Qishloq xo’jaligida O’zbekiston uchun yangi tarmoq - qand lavlagi etishtirish yo’lga qo’yildi. Samarqand, Farg’ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi etishtirish bo’yicha ixtisoslashtirilib, 1942 yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor erlarga qand lavlagi ekildi. Respublika bo’yicha 1944 yilda davlatga 1 mln. 373 ming ts., 1945 yilda esa 1 mln. 646 ming ts. qand lavlagi topshirildi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakar-qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Krasnogvardeysk, Qo’qon, Yangiyo’l qand zavodlari qurildi. Urush yillarida O’zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to’rtdan bir qismini berdi. Respublikamiz qishloq xo’jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 4 mln. 806 ming tonna paxta xomashyosi, 1282 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go’sht, 22,3 ming tonna jun etkazib berdilar. Urush yillarida ishchi va dehqonlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, yordam yanada mustahkamlandi. Ular mustahkam jipslashib frontni moddiy jihatdan ta’minlash orqali dushman ustidan qozonilgan g’alabaga salmoqli hissa qo’shdilar. O’zbekiston xo’jalik xodimlari urush yillarida dushmandan ozod etilgan viloyat, shahar, tuman, xo’jaliklarini qayta tiklashga ham ko’maklashdilar. Rossiya g’arbiy viloyatlari, Ukraina, Belorussiyada ko’plab korxonalar, temir yo’llar, kolxoz va sovxozlarni tiklashga moddiy jihatdan ham, mutaxasislarni safarbar etish yo’li bilan ham yordam berildi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling