£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. 

O’zbekiston 

Respublikasining 

Konstitutsiyasi 


 

309


Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 

qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya  qabul qilingan kun - 8 

dekabr umumxalq bayrami -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 

kuni deb e’lon qilindi. 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 128 moddadan 

iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining Davlat 

mutaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va 

g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi. 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, 

irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to’plangan eng ilg’or 

konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz hususiyatlarini 

hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa 

markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan 

ko’chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil 

O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish jarayonida uning 

mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish 

zarur.  

¾  O’zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverinitetidir. 

Davlatimizning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan 

nomlari bir ma’noni anglatadi.  

¾  Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir. 

¾  Yana bir konstitutsiyaviy tamoyil - davlat hokimiyatining uch tarmoqqa 

bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun 

chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi. 

¾  Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. 

Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq 

sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan.  

¾  O’zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi , or-nomusi, qadr-

qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab 

qo’yilgan. 

¾  Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil– Konstitutsiya va qonunlarning 

ustivorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O’zbekiston 

Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining 

ustunligi so’zsiz tan olinadi», deb belgilab qo’yilgan. 

Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining 

butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasining 

millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston 

Respublikasining huquqiy maqomi, O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlarning 

huquqiy asoslari belgilab berilgan. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz 

hayotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning 




 

310


rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo’lib qoldi. Yuzlab qonunlar, 

kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o’tdi, 

qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling