£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Asosiy qonunga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Asosiy qonunga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar  2003 yil 24-25 

aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 

o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun loyihasi 

muhokama qilindi va mazkur Qonun qabul qilindi. 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada 

erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan 

kelib chiqqan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz 

mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy 

Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va 

vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 

89,90,93,95,97-moddalarga ham o’zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning 

«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi 

hisoblanadi» deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi. 

Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 

hokimiyatlari o’rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta 

taqsimlanadi. Kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar O’zbekiston 

Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, 

jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada 

takomillashuviga xizmat qiladi. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling