£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Havfsizlikka tahdidning 

kuchayishi 


 

354


urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSh, Rossiya va boshqa 

mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini 

tashvishlantirmoqda. 

•  "Sovuq urush" siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi 

kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda 

saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib 

borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy 

tahdid bo’lib qolmoqda. 

•  Jahon     miqyosida    atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat, 

jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat 

boshiga xavf solib turibdi.  

•  Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, 

yashirin kurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda.  

Bularning  barchasi dunyo hali  ham  ilgaridek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat 

beradi. Bizni qurshab typran olam g’oyat

 

murakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham 



shunday bo’lib qolmoqda.  

Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro 

munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro 

barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto ayrim olingan 

mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon 

hamjamiyatining vazifasiga aylandi. 

Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g’oyat darajada 

o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi 

talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa 

mamlakatlar   bilan   iqtisodiy,   madaniy,   ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv 

zaruriyat bo’lib qoldi.  

Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham, 

boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan 

barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir.  




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling