£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

EXHT bilan hamkorlik  O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni 

mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha   katta tadbirlarni amalga 

oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - 

EXHT ga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Evropada 

xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va 

Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon 

hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki 

bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar 

yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan 

shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish,    tashkilot    qabul    qilayotgan 

hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik 

ruhida bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi. 1999 yil noyabr oyida bo’lgan 

EXHTning Istanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi 

kurashuvchi xalqaro markaz tuzish  haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 1996 yil fevral 

oyida O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha 

muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florentsiya shahrida Evropa Itgifoqi bilan 

O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujjat 

O’zbekistonning Evropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan 15 ta mamlakat bilan o’zaro 

munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy 

aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning 

xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. 

O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish 

bo’yicha Vena Konventsiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi 

Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa 

dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konventsiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik 

xaqidagi shartnomaga qo’shilgan. 

Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi, 

xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni 

mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko’tarildi. 




 

360


 

  1996  yilda  Shanxayda,  1997 yilda Moskvada bo’lib 

o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, 

Tojikiston davlat  

rahbarlarining sammitlarida  harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni 

mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. 

Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 

2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib 

o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 

qatnashdi va O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi 

to’g’risida bayonot imzolandi. 

 

O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling