£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

YUNESKO bilan hamkorlik  O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va 

madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YuNESKO bilan aloqalari tobora 

mustahkamlanib bormoqda.  1993 yil 29 oktyabrda YuNESKO ning Parijdagi 

qarorgohida O’zbekistonni YuNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. O’sha 

kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994 

yil oktyabrida Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. Xiva va Buxoro YuNESKO 

ning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta ob’ekt bor.   

1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston 

Respublikasi milliy  komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta’lim, 

fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi. 

YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga 

katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo’li - muloqot yo’li" deb nomlangan yirik tadqiqotda 

Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995 yil iyul oyida YuNESKO 

qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. 

YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida 

1995 yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YuNESKO bobomiz Amir Temur 

tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil 

oktyabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. 

Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YuNESKOning madaniy qadriyatlar 

ro’yxatiga kiritildi. 

1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva 

shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va 

ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti 

YuNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. 1997 yil 19-20 




 

359


oktyabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan 

bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, YuNESKO va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar 

va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.  

O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog’liqni saqlash 

tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar 

jamg’armasi (YuNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq

Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar 

ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda. 

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati 

bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta 

fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 

ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va savdo Bosh 

bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling