asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki
davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga huquqiy
asos soldi. Ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi, elchixonalar ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B.Eltsinning 1993 yil mart oyida
O’zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada
mustahkamlash choralarini ko’rishga ahdlashildi. 1993 yil 19 martda
O’zbekiston va RF o’rtasida madaniyat, fan va texnika, ta’lim sog’liqni saqlash,
axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
V.Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi
hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. V.Putin qisqa muddatda O’zbekistonga ikki marta-
1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi.
Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o’rtasida savdo-
iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik,
xavfsizlik, jumladan, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka
qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |