asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek,
ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol va savdo
iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi.
1995 yil 20-21 iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O’zbekistonda
bo’ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O’zbekiston-Ukraina hamkorligini
kengaytirish va chuqurlashtirish yo’llari to’g’risida Deklaratsiya, O’zbekiston bilan
Ukraina o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to’g’risida shartnomani
imzoladilar. Safar chog’ida O’zbekiston va Ukraina hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka
qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik
haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999 yil
oktyabrida Ukrainaga safari chog’ida O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1999-2008
yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan.
Muxtasar aytganda, O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1992-2002 yillarda neftni
qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat
va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O’zaro savdo
hajmi 1992 yildagi 20 mln. AQSh dollaridan 2003 yilda 280 mln. AQSh dollariga etdi.
O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va engil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli
metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o’zlashtirishda zarur
bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog’i
import qilinmoqda. O’zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali
Evropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda
Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo’shma korxonasi ishlamoqda.
Jumladan, «ToshVALEO» qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat
mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta’lim,
madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |