£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Kengashda Almati Deklaratsiyasi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi
Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar
haqida bayonot berildi: • hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; • MDҐ davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; • xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy- strategik kuchlarning birlashgan qo’mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; • MDҐ ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo’shilishi mumkin; • umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi; • MDҐning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to’xtatiladi; • Ґamdo’stlik qatnashchilari o’z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoidalarga binoan sobiq SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan halqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar; • MDҐ qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og’ishmay rioya etish majburiyatini oladilar. MDҐ kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi. 1993 yil yanvarda Minskda MDҐ Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’ldi. Unda MDҐning Nizomi imzolandi va MDҐning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.
1991-1999 yillarda MDҐ davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
363
Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni istamayotganida emas, aksincha, o’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi. 2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDҐ mamlakatlari rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin Hamdo’stlik Davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDҐ mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDҐ a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDҐni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDҐning kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDҐ doirasidagi sheriklar bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 2000 yil 21 iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. 2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qarorlar qabul qildilar. Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi. 2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi. Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi.
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi.
364
Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega. Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling