£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


III BOB. O’ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

III BOB. O’ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI 

 

Tayanch so’z va iboralar: Urug’, qabila, elat, xalq tushunchalari. Saklar. 

Massagetlar. Xorazmiylar. Baqtriylar. So’g’diylar. Parkanaliklar. Qorluqlar. 

Yag’molar. Chig’illar. Barloslar. Jaloirlar. Qo’ng’irotlar. Mang’itlar. Qiyotlar. 

Minglar. «O’zbek» etnonomi. Milliy madaniyat markazlari. 



 

1.  Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi 

 

Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o’zbek xalqining etnologiyasi, etnik 

tarixini o’rganish, haqqoniy yoritish tarix fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga 

aylandi. Negaki, mustaqillik sharofati bilan xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, 

qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi o’sdi. Farzandlarimiz tarix 

ijodkori bo’lgan o’z ajdodlari kimlar bo’lganligini, o’zbek xalqi qachon va qanday 

shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni xohlaydi. 

Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida 

ta’kidlanganidek: «har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim 

kimlar bo’lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish, tiklanish, shakllanish 

jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o’ziga berishi tabiydir… Tarixiy ildizini 

izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to’g’ri 

xulosalar chiqaradi».

Ko’plab ishonchli tarixiy ma’lumotlar, manbalar, ashyoi dalillar barcha 



xalqlarning etnik shakllanishi uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-

sharoitlar va omillar ta’sirida sodir bo’lganligini tasdiqlaydi. O’zbek xalqining 

shakllanishi ham uzoq tarixiy jarayon mahsuli bo’lib, uning o’q tomirlari shu 

yurt zaminida azal-azaldan yashab, uni o’ziga makon tutib, chuqur ildiz otib, 

muttasil moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini yaratib kelgan qadimiy 

urug’, qabila va elatlarga borib qadaladi. 

Shu o’rinda  urug’, qabila, xalq tushunchalari to’g’risida ham bir qadar 

to’xtalib o’tmoqlik joiz bo’ladi. Negaki, ular haqida aniq tasavvur hosil qilish, 

nazarimizda, etnik jarayonlar o’zgarishining mazmun-mohiyatini to’g’ri 

tushunishda g’oyatda muhimdir.  

Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan, bir tomirga borib 

taqaladigan, turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan 

urug’lar hosil bo’lgan. Urug’ jamoasining o’z etakchisi - oqsoqoli bo’lgan. Urug’ 

jamoasi hamma narsada, har bir masalayu sa’y-harakatlarda oqsoqolning izmida 

bo’lgan.  

Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo’lib, qon-qorindoshlik 

munosabatlari, bir necha urug’larning birikuvi natijasida tashkil topgan. 

Qabilaning o’ziga xos tili, hududi, qabila a’zolarining o’zaro hamkorligi, qabila 

nomi, o’ziga xos an’analari bo’ladi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik 

                               

1

 I.A.Karimov. Asarlar. T.7. T.: O’zbekiston, 1999, 136-137 betlar. 




 

65

qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo’yicha qabila yig’inlari 



o’tkazilgan.  

Qabilalar o’rtasida etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi 

natijasida ular qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning etakchi, nufuzli guruhi 

nomi bilan yangi etnik birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va 

madaniy umumiylik asosida tarkib topadi. 

Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar yo’li bilan o’rganilib, 

isbotlangan qanchalab dalili ashyolar bu hududda yashagan ulug’ o’tmishdoshlarimiz 

miloddan avvalgi ming yilliklar mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining barcha asosiy 

bosqichlarini boshdan kechirib, istiqomat qilib, o’ziga xos hayot tarzini yaratib 

kelganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon vohallarida, Farg’ona 

vodiysi hududida olib borilgan qidiruv ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 

dan ortiq tarixiy yodgorliklar  tahlili hamda boshqa ko’plab mo’’tabar dalillar ham to’la 

tasdiq etadi. Shularga asoslanadigan bo’lsak, miloddan avvalgi ming yilliklar davomida 

bu zaminning yashashga qulay, tabiiy sharoitlari o’ng’ay bo’lgan joylarida yashagan  har 

xil mahalliy urug’, qabilalar dehqonchilik, chorvachilik, yilqichilik, ovchilik, baliqchilik, 

hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelganlar. Masalan, daryo, ko’llar atroflarida 

yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan mashg’ul bo’lgan bo’lsa, 

cho’lli, adrli joylarning odamlari esa ko’proq chorva, yilqi boqish bilan band bo’lganlar. 

Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O’rta Osiyo xududlarida massagetlar, saklar, 

sug’diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar. 

Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta’qidlashicha, «O’zbek xalqi mazkur 

hududda yashagan tub erli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa qadimgi turkiy 

xalqlardan boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi -  o’zaro  sintez o’zbek elatini va 

keyinchalik o’zbek xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo’lib 

ma’lum bir hududda, ma’lum tarixiy davrda shakllanadi. O’zbek xalqi ajdodlari ham elat 

bo’lib, Movarounnahr va Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda 

shakllangan».

Eron manbalarida O’rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushmalarining  



3 xil toifasi tilga olinadi: 

 

¾  Saka –



Xaumavarga 

Ular asosan o’lkaning shimoliy-sharqiy qismida, ya’ni 

Murg’ob vodiysi, Amuning yuqori oqimida, Oloy, 

Farg’ona vodiysida yashaganlar.  

¾  Saka - 

Tigraxauda 

(Cho’qqi qalpoq kiyganlar). Ular Amuning quyi  oqimi 

va Sirdaryoning o’rta va quyi oqimidan to Orol 

shimoligacha bo’lgan keng cho’lli hududlarda 

 

joylashganlar. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling