£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O’zbek xalqining shakllanishi
Qadimda
O’rta Osiyoda yashagan sak qabilalari. ¾ Saka-Tiay Tara-daraya Kaspiy shimolida, Ural tog’ oldi mintaqalarida yashaganlar.
1 K.Shoniyozov. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni T.: Sharq, 2001, 9-bet. 66 Bu qabilalar aholisi ham o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy turmush tarziga ega bo’lib, nisbatan to’laqonli hayot kechirgan, kelgusi nasllar uchun o’zlaridan munosib meros qoldirish yo’lida sa’y - harakatlarda bo’lgan. Muqaddas «Avesto» kitobida ham vatanimiz hududida yashagan qavm, elatlar haqida ko’plab ishonchli ma’lumotlar bor. Jumladan, unda Xorazm, Sug’d, Baqtriya singari yurtlarning iqtisodiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyotda yuksak darajada bo’lganligi qayd etiladi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida va boshqa mo’’tabar manbalarda turkiy etnoslar O’rta Osiyoda yashovchi azaliy qavm ekanligi ta’kidlanadi. Shu boisdan bu o’lka qadimdan Turon deb atalib kelindi. Turonzamindagi qo’shni qardosh elatlar o’zaro hamjihatlikda yashab, chuqur ildiz otib borish barobarida tabiiy zaruriyat taqozasi o’laroq bir-birlari bilan qo’shilishib, birikishib o’zaro etnik jarayonlarni boshdan kechirganlar. Bu esa asta-sekin bu hududda turkiy va sug’diyda so’zlashuvchi ikki tilli xalqning shakllanib borishida o’z ifodasini topgan. O’rta Osiyo aholisi to’g’risidagi ma’lumotlarni yunon-rim tarixchilari asarlarida ham uchratamiz. Ular Qora dengizning sharqiy hududlarida yashovchi qabilalarni umumiy nom bilan «skiflar» deb ataganlar. Gerodot «bu xalqlar qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi», deb qayd etadi. Yozma manbalarda skiflarning ikkita yirik qabilasi – massagetlar va saklar xususida ko’proq eslatiladi. Ayniqsa ona yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, uni ajnabiy kuchlar tajovuzi va bosqinidan himoya qilish zaruriyati turli qardosh va qondosh urug’, qabilalar, elatlarni bir-birlari bilan yaqinlashtirgan, do’stlashtirgan, bir yoqadan bosh chiqarib faol harakatlarga chorlagan. Shu tarzda davom etgan o’zaro yaqinlik, birodarlik, og’a-inilik tuyg’usi bu qavm, elatlarni ma’nan, ruhan va jismonan bir jonu bir tan bo’lib o’zaro intensiv etnik jarayonlarga kirishib borishlariga bois bo’lgan.
67 2. Yurtimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O’zbek xalqining shakllanishi O’zbek elatining alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllanishida ushbu elatning ilk ajdodlari bo’lgan tub erli etnik birliklar, ya’ni ikki til (turkiy va eron) turkumidagi qavmlarning aralashuvi alohida o’rin tutadi. Ikki til guruhidagi etnoslarning aralashuv jarayoni sak-massagetlardan, ular yashagan hududlarga qiyosan aytganda xorazmiylar, baqtriylar, sug’diyonaliklardan boshlangan. Antropolog olim T.Q.Xo’jaevning tadqiqot xulosalariga ko’ra, yurtimizda hozirgi o’zbeklarga xos antropologik qiyofa mil. avv. III-II asrlarda shakllanib bo’lgan. Keyinchalik shimoliy-sharqiy hududlardan O’rta Osiyoga ko’plab turkiy etnik guruhlarning kirib kelishi va mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni kuchayib boradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy etnik guruhlarning Sug’diyona, Baqtriya, Farg’ona vohalariga kirib kelishi sodir bo’ladi. Ular Xitoy manbalarida yuechjilar deb ataladi. Yuechjilar mahalliy hukmdorlar ustidan g’olib kelib, hokimiyatni egallaydilar va milodiy IV asrgacha davlat hokimiyatini boshqaradilar. Bir necha asrlik bu tarixiy jarayon davomida yuechjilar deb nomlangan turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi bilan aralashib, qo’shilib ketadilar. Milodiy IV-V asrlarda O’rta Osiyo hududiga xioniylar, kidariylar, eftaliylar nomli turkiy etnik guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag’darilib, hokimiyat avval kidariylar, keyinroq eftaliylar qo’liga o’tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O’rta Osiyoda yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi tarkibiga qo’shilib ketadilar. Milodiy VI asr o’rtalaridan boshlab O’rta Osiyo erlarining Turk xoqonligi tasarrufiga o’tishi bilan bog’liq holda bu hududda sharqdan turli turkiy urug’, qabilalarning kelib joylashishi va o’troqlashishi jarayoni yanada kuchayadi. Ayni paytda bu erlarda o’rnashgan turkiy etnik guruhlar o’zlariga xos ko’plab milliy an’analar, udumlar va marosimlarni ham olib kelganlar. Bu esa, bir tomondan, bu hududda aholining aralashish-qo’shilish jarayoniga sezilarli tasir ko’rsatgan, bu erda azaldan yashab kelgan aholining turkiy qatlami salmog’ining ko’payib borishiga bois bo’lgan. Ikkinchi tomondan, o’lka hayotida kechgan bu tarzdagi etnik o’zgarishlar, shu hududda yashagan xalqlarning bir-birlari bilan yaqinlashib, madaniy-ma’naviy aloqalarining o’zaro boyib, taraqqiy etishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan. Turk xoqonligi hukm surgan VI-VIII asrlarda yurtimizning sharqiy, hususan Farg’ona, Shosh xududlariga turkiy etnosga mansub urug’, qabilalarning kirib kelishi kuchayadi. Ularning ko’pchiligini qarluqlar tashkil etardi. VII asr o’rtalariga kelib Farg’ona vodiysining sharqiy va markaziy erlarida qarluqlar mustahkam o’rnashib oladilar. Shuningdek, Toshkent vohasining tog’li va tog’ oldi tumanlari aholisi tarkibining ancha qismini ham qarluqlar tashkil etgan. 1 Ularning ko’pchiligi o’troq hayot kechirib, turli xil xo’jalik yuritish tizimini yaratib borganlar. Ular yashagan joylar o’z orastaligi, obodonligi, gavjumligi bilan ajralib turgan.
1 Qarang K.Shoniyozov. O’zbek xalqining jarayoni, 145 bet. 68 Ettisuv kengliklarida, Chu vodiysi, Issiqko’l tomonlarda ham qarluqlarning katta qismi yashagan. Chu vodiysi atroflarida ularning nisbatan rivojlangan shahar va qishloqlari mavjud bo’lib, ularda iqtisodiy va madaniy hayot darajasi bir muncha yuqori bo’lgan. Aholining ancha qismi dehqonchilik, hunarmandchik savdo sotiq singari kasblar bilan shug’ullangan. 200 yil davom etgan Turk hoqonligi davrida Evroosiyo kengligida yashovchi bir qancha turkiy qabilalarning birlashib borishi natijasida yirik qabila ittifoqlari, katta-kichik davlatlar vujudga keldi. Xoqonlikning barcha hudud aholisiga tushunarli yozuv va til shakllanadi. Xoqonlik davrida tashkil topgan o’g’iz, uyg’ur, qipchoq, qirg’iz va boshqa etnik uyushmalar o’rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning shakllanishiga asos soladi. Hozirgi kunda Evroosiyoda mavjud bo’lgan turkiy xalqlarning, jumladan, o’zbek xalqining etnogenezi xoqonlik davridagi turkiy dunyo bilan bevosita bog’liq va shuning uchun bu elatlar qondosh xalqlar hisoblanadi. 2
yag’mo va boshqa turkiy qabilalarning Abdulkarim Sotiq Bug’raxon boshchiligida Qorahoniylar nomi bilan atalgan markazlashgan yirik turkiy davlatga birlashuvi turkiy elatlar tarixiy taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraxoniylar davlati hududining Turonzamin tomon kengayib borishi va buning natijasida Somoniylar sulolasining inqirozga yuz tutib, butun Movarounnahr bo’ylab Qoraxoniylar hukumronligining o’rnatilishi jarayonida bu zaminga sharqdan ko’plab turkiy urug’ va qabilalarning kelib joylashishi sodir bo’ldi ¾ Qarluqlar ¾ Chigillar ¾ Yag’molar ¾ Arg’ular ¾ Turgeshlar ¾ Uyg’urlar ¾ Qirg’izlar Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling