72
ataydigan ikki daryo oralig’ida ungacha ham xalq yashaganku! Yoki bu xalq
boshqa millat bo’lganmi? Mantiq qani bu erda»
1
Bu keskin va haqqoniy aytilgan so’zlarning ma’no, mazmunini
chaqar ekanmiz,
millatimiz haqidagi bor haqiqatni bilishimiz, uning nomi bilan mazmun-o’zagi o’rtasidagi
tafovutni aniq-tiniq tasavvur etishimiz nechog’lik muhim ekanligi o’z-o’zidan
ravshanlashadi. Ma’lumki, xalqimizning «o’zbek» atamasi bilan nomlanishi XVI asr
boshlariga to’g’ri keladi. Bu hol asosan yurtimiz hududlariga Dashti Qipchoqdan katta
oqim sifatida kirib kelgan o’zbek degan umumiy nomni XV asrda qabul qilgan urug’lar
va qabilalar hayoti bilan bog’liq yo’sinda yuz bergan. Negaki, ular bu zaminga kelib
joylashib, mahalliy aholi qatlami tarkibini boyitish, uning yuksak ma’naviyati, boy asriy
qadriyatlarini o’zlashtirish barobarida o’zlarining umumiy o’zbek nomini asta-sekinlik
bilan shu hududda yashagan barcha aholiga ham nisbat bera bordilar. Bu esa «o’zbek»
atamasining shu davrdan e’tiboran butun Movarounnahr bo’ylab keng yoyilishiga, bu
erdagi xalqning shu nom bilan atalishiga bois bo’ldi. Biroq shu narsa ravshanki,
o’zbeklar, avvalo, qaysi qabilaga mansub bo’lsalar shu nomni uzoq vaqt saqlab qolganlar.
Hatto XX asrga qadar ham Turkiston o’lkasida ajdodiy-qabilaviy nomlar saqlanib
qolganligi buni tasdiq etadi. Ammo bu degani o’zbek xalqining kelib chiqishi faqat XVI
asrda yuz bergan, degan ma’noni aslo anglatmaydi. Bu erda gap faqat «o’zbek»
iborasining etnik nom sifatida paydo bo’lgan vaqt xususida borayapti. Vaholanki o’zbek
xalqi o’z mazmun, mohiyati, teran tomirlari bilan Turonzamin hududida juda qadimiy
zamonlardan buyon yashab kelganligi, boy tarix, olamshumul ahamiyatga molik
ma’naviyat durdonalarini ijod etganligi hammaga ma’lumdir. Shu ma’noda
Prezidentimizning: «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati
Do'stlaringiz bilan baham: