£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Mahmud (998-1030)  vaqtiga to’g’ri keladi. 

Kezi 


kelganda 

Sulton 


Mahmud katta qo’shin tuzib, uni o’sha davrning eng zamonaviy qurol-aslahalari 

bilan, etarli maosh bilan ta’minlab, juda ko’plab bosqinchilik yurishlarini amalga 

oshirdi. U XI asr boshlarida Amudaryo bilan belgilangan shimoliy chegaralarni 

Qoraxoniylar bilan kelishib olgach, o’zining asosiy e’tiborini janubda - 

Hindistonga, g’arbda - Xuroson va unga chegaradosh hududlari tomon qaratadi. 

Faqat Hindistonga  17 bor yurish qilib, u erdan katta miqdordagi o’lja-boyliklar 

olib keladi. Birgina 1019 yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o’lja – 

katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari   350 ta fil 

va 57 ming asir-qulni tashkil etgan. U 1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan 

shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag’aniyon va Xuttalon viloyatlarini 

bosib oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud katta qo’shin bilan jang qilib G’ur 

viloyatini egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud G’aznaviyning nigohi 

geografik jihatdan g’oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga 

qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan 

Xorazmshoh Ma’munning o’limidan foydalanib, u erga katta qo’shin yuborib, 

osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm 

Ma’mun akademiyasining bir qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu 

Rayhon Beruniyni G’aznaga oldirib keladi. Uning so’nggi istilochilik 

yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Rey shahrini egallash bo’ladi.  

 

Mahmud G’aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, 



shimoliy Hindiston hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha 

qismi bu joylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy 

taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 

 

Mahmud davrida G’aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib



mamlakat shaharlarida, ayniqsa G’aznada katta inshootlar, salobatli masjidu 

madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm maskanlari ko’plab barpo etilgan 

bo’lsa-da, biroq ko’pchilik aholining moddiy – maishiy ahvoli nochor kechgan, 

turli xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan. 

1011 yilda Xuroson o’lkasida boshlangan ocharchilik minglab 

odamlarning nobud bo’lishiga olib kelgan. Shu bois Mahmud G’aznaviy davlati 

tashqaridan go’yo qudratli ko’ringani bilan haqiqatda esa uning ichdan 

emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko’p 

o’tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o’rinda 

shuni aytish kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o’z 




 

102


mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek, saljuqiy turklarning Xuroson 

hududlarini egallash sari harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning 

roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan 

bo’lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg’ol qilishga kirishadilar. O’lkaning 

G’aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to’lovlar asoratidan norozi bo’lgan 

mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo’llab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki 

o’rtadagi harbiy to’qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta’sir 

o’tkazadi. G’aznaviylar qo’shini bilan Saljuqiylar o’rtasidagi birinchi katta urush 

1035 yilda Nissa shahri yonida bo’lib o’tdi. U Saljuqiylar g’alabasi bilan 

yakunlandi. Ko’p o’tmay Saljuqiylar o’z g’alabalarini mustahkamlab, 

Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo’lga kiritdilar (1038y). 

 

1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig’i) bo’lgan 



so’nggi hal qiluvchi jangdan so’ng Ma’sud G’aznaviy qo’shini qaqshatqich 

zarbaga uchrab, butun Xuroson o’lkasidan mahrum bo’ladi. Ko’p o’tmay Ma’sud 

ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041y). Tez vaqt ichida  hokimiyatni 

egallagan Ma’sudning o’g’li Mavdud ham bir necha bor kuch to’plab saljuqiylar 

bilan urush olib borgan bo’lsa-da, ammo o’z qo’shinini mag’lubiyatdan saqlab 

qola olmadi. 1059 yilda G’aznaviylarning muhim tayanchi -  Balxning 

Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylarning so’ngi umidini ham puchga chiqardi. 

Bu esa pirovardida G’aznaviylar davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan 

butunlay tushib ketishiga sabab bo’ldi. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling