Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o’ziga
xos markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib,
takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini
mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash hamda izchil tashqi siyosat
olib borishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Anushteginlarning davlat
boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan.
Dargohda Ulug’ xojib mansabi alohida o’rin tutgan. U hukmdorning xos
kishisi sanalib, lozim bo’lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan.
Xojiblar hukmdor nomidan muhim davlat ahamiyatiga daxldor masalalarda
muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy lavozim Sohibi ustozdor
hisoblangan. Xazina mablag’larining butun tasarrufi uning ixtiyorida bo’lgan.
Dargoh hayotiga oid ko’plab muhim masalalar ustozdor nazarida turgan.
Davlatdagi Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning eng sirdosh
kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdor mahfiy sirlaridan ogoh bo’lib, doimo u
bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri -
Qissador bo’lib, u Sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig’ib, o’rganib,
ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat turlari ichida
Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi, Jomador,
Do'stlaringiz bilan baham: |