“Iskandari Soniy”, “Allohning erdagi soyasi” deb ulug’lashni buyuradi.
Garchand Xorazmshoh qanchalik o’zini ko’klarga ko’tarmasin yoxud
bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq bundan mamlakatning chuqur ichki
ziddiyatlar va tanazzulliklarga duchor bo’lganligini qayd etmasdan bo’lmaydi.
Shohning katta qo’shin tuzib, to’xtovsiz olib borgan besamar urushlari, buning
asoratli oqibatlari, eng avvalo, mamlakat xalqining tinkasini quritayozgandi.
Buning ustiga mahalliy hokimlar, bek-amaldorlarning o’zboshimchalik bilan
xalq boshiga solayotgan behad jabr-zulmi, bunga javoban yuz berayotgan xalq
g’alayonlari (masalan, 1206-1207 yillarda Buxoroda, 1212 yilda Samarqandda
ko’tarilgan qo’zg’olonlar) saltanatning ichdan emirilishiga sabab bo’lmoqda edi.
So’ngra oliy hokimiyat ichidagi kuchli muxolifatchilik harakati, xususan,
Xorazmshoh bilan uning onasi Turkon Xotun tarafdorlari o’rtasidagi ochiq-
oshkor tarzdagi siyosiy kurash ham Xorazm davlatining beqarorlik holatini
yaqqol ko’rsatardi.
Qo’shni
Xorazmshohlar
davlatida
kechayotgan bu xildagi chuqur
tanazzullik holatlaridan to’la xabardor bo’lgan, undagi barcha jarayonlarni
o’zining maxsus josuslik mahkamasi orqali sinchkovlik bilan kuzatib turgan
Sharqdagi boshqa bir qudratli mo’g’ul davlati hukmdori Chingizxon esa katta
harbiy tayyorgarlik ko’rib, tez orada Movarounnahr sarhadlari tomon istilochilik
urushlarini boshlashga chog’lanayotgandi.
Darhaqiqat, XIII asrning birinchi choragida amalga oshirilgan mo’g’ul-
tatar galalarining shafqatsiz bosqini nafaqat Xorazmshohlar davlati tarixida, balki
109
shu bilan birga unda yashagan barcha ulug’ ajdodlarimiz qismatida ham mislsiz
fojia bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |