Davatdor (kotib), Sharobdor, Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig’i
(Maliki xavas) kabi vazifalar ham alohida ko’zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlar
devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa bunda Bosh vazir
katta mavqega ega bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni
ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini
nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida
bo’lgan
1
.
Devonlar ham o’z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan,
insho yoki tug’ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan
shug’ullangan. Shuningdek, moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati
tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz yoki Jaysh
shug’ullangan. Sulton xonodoni hayotiga, iqtisodiyotiga tegishli yana bir muhim
devon mavjud bo’lib, u Devoni xos nomi bilan atalgan.
So’nggi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan.
Bunda bir necha yuz minglik qo’shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus
shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega bo’lgan. Sulton Muhammadning
shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan. Harbiy qismlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |