Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги қарши муҳандислик иқтисодиёт институти
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimining о’zigа xоs xususiyаtlаri
Download 130.43 Kb.
|
REFERR
1.2 Aholini ijtimoiy himoyalash tizimining о’zigа xоs xususiyаtlаri
Ijtimoiy himoya — bu insonning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimidir. Bugungi kunda ijtimoiy himoya insoniylik, manzillilik, komplekslilik, shaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat. Ijtimoiy himoya tarixiy evyutsiyasiga nazar tashlasak u diniy jamoat transporti, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan. Uning ilk koʻrinishi milodiy 347-yilda Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo boʻlishi bilan izohlanadi. bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya mexanizmlari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik resurslar asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ulardan iborat: Sotsial demokratik model - Bunda ijtimoiy himoyaning barcha mas'uliyatini davlat o'z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya Neoliberal model - unga ko`ra ijtimoiy himoyaning ishtirokchilari tadbirkorlar va kasaba uyushmalari xodimlari. Bunga AQSH yoqqol misoldir. Neokonservativ model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin. Bundan tashqari hozirda ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud: 1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan. 2) Medical aid. Butun dunyoda ana shu modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi. Ijtimoiy siyosat — bu davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy siyosatga baho berish mumkin. Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz: − Aholining pul daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish; − Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish; − Ko`rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish; − Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish; − Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun islohotlar olib borish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning 4 ta tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: ijtimoiy himoya, xususiy sug`urta, korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy sug`urta. XXI asrda bozor iqtisodiyoti sharoitida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashishi, inqirozlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga keng qamrovli ta`siri natijasida davlat qarzlarining o`sishi, ishsizlikning yuqoriligi, demografik jarayonlarning keskin o`zgarishi, ekologik muammolar, dunyodagi siyosiy beqarorliklar kabi qator omillar ijtimoiy himoyaning rolini kuchayishiga olib keldi. Chunki davlatlar rivojlangani sari aholining ham talablari oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilishda turli mintaqalar va davlatlarda turli tendensiyalar kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan industrial mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimi kompleks ravishda olib boriladi. Bu jarayonda xususiy sug`urta kompaniyalari faol ishtirok etadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaning madaniyat va an`analar bilan bog`liq shakli ham uchraydi. Ya`ni qarindoshlar, qo`shnilar, oila a`zolari, hayriya tashkilotlari diniy tashkilotlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanadi va ular ijtimoiy himoyada muhim rol o`ynaydi. Ko`pincha ular mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning eng muhim mexanizmi ekanligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, ijtimoiy sohada xizmat turlari diversifikatsiyalashib, uning tarkibi ham bir muncha o`zgarib bormoqda. Ijtimoiy himoyaning bugungi kundagi ahvoliga quyidagicha baho berish mumkin: − Rivojlangan mamlakatlarda asosan qariyalarni, yolg`iz yashovchilarni hamda ishsizlarni himoya qilinadi. Chunki bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yuqori rivojlanganligi, aholi daromadlarining oshganligi, hayot tarzi demografik muammolarning yuzaga kelishi va tabiiy tug`ilish miqdorining keskin tushib ketganligi bilan xarakterlanadi. Paradoks shundaki, tug`ilish pastligiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda umr ko`rish yoshi yuqori hisoblanadi. Bu o`z navbatida nafaqaxo`rlarni ijtimoiy himoya qilish muddatini uzoqlashtiradi va mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy faol aholiga soliq yukini og`irlashtiradi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar nafaqa yoshini uzaytirish kabi choralarni qo`llamoqdalar. Bunday muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimini boshqarishning murakkab dastaklaridan foydalanadilar. − Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda tug`ilish yuqori bo`lganligi sababli mehnat bozoriga ishchi kuchi yetishmasligi muammolari yo`q. Lekin bu mamlakatlarda ta`lim, sog`liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ravishda ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag` miqdori va ijtimoiy farovonlik, barqarorlik ham keskin farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari aholi bilan qay darajada ishlash kerakligi to‘g‘risida yuqori mezonlarni belgilab berdi. Bir yil davomida bu jarayonlar faqat quruq so‘z bo‘lib qolmasdan, balki amalda, hayotimizda ro‘y berib, jamoatchilikning fikrlashini o‘zgartiruvchi jiddiy katalizatorga aylanganining guvohi bo‘ldik. Davlat organlari aholining murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga, oddiy insonlarning muammolarini o‘rganib, ularni hal qilishga, yuzma-yuz muloqot o‘rnatishga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi keskin o‘zgarishlar yillab o‘z yechimini topmagan ayrim eski muammolarni qayta ko‘rib chiqishga va hal etishga yordam bermoqda.Oilaviy zo‘ravonlikdan vaqtinchalik saqlovchi Krizis markazlari hayotiga oxirgi nuqta qo‘yish holatiga kelgan ayollarga boshpana vazifasini bajaradi. Bunday boshpanalar bolali yosh ayollarni qabul qilib, ularga ijtimoiy xizmatchi, psixolog, yurist yordamini ko‘rsatadi. Bunday boshpanada e'lon qilib osib qo‘yilgan yozuv va ro‘yxat bo‘lmaydi, u maxfiylikni ta'minlashi hamda ishonchli maskanga aylana olishi shart. Yaqinda Iroda ismli yosh ayol bilan tanishib qoldim. Iroda chekka qishloqlardan birida yashagan, yetim, badanida kuyish alomatlari bor. Oshxonasida gaz portlashi oqibatida alanga sintetika ko‘ylagini qoplagan va butun badanini kuydirgan. Hozir u ikkinchi guruh nogironi. Bir yil o‘tib turmush o‘rtog‘i Irodani ikki farzandi bilan birga tashlab ketgan. Qo‘lida ikki bolasi, ishsiz, pulsiz qolgan ayol o‘g‘li va qizini bolalar uyiga vaqtinchalik topshirishga majbur bo‘lgan. Iroda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Shu payt unga Samarqanddagi «Rahmdillik» tashkilotining rahbari vrach-kambustiolog Bibisora opa ruhiy ko‘mak bergan, hayotini saqlab qolgan. Irodaning ish topishiga yordamlashgan, oradan ikki oy o‘tib Iroda farzandlarini bolalar uyidan qaytarib olgan. Ayollarimiz uchun mana shunday boshpanalar ko‘proq ochilishi kerak. Rossiya xospislari ijtimoiy faoliyat va palliativ yordam ko‘rsatishning yana bir yaxshi to‘qnashish nuqtasi bo‘lishi mumkin (palliativ yordam – davolash mumkin bo‘lmagan, oxiri o‘lim bilan yakunlanadigan kasalliklarga chalingan bemorlarning dardini yengillashtirish). Masalan, saratonga chalingan bolalar umrining so‘nggi oylarini og‘riqsiz o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi (hozirgi kunda morfiy yetishmaydi), ularga tibbiy, ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning oilasiga yaqini kasallikka chalingan hamda uni yo‘qotgan paytda ko‘mak berish. Sog‘liqni saqlash Vazirligi yaqinda e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 100 mingdan ortiq kishi onkologik kasallikka chalingan va palliativ yordam berishni rivojlantirish kimyo-terapiya kursi yordam bera olmaydigan bemorlarning ahvolini yengillashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Biroq, shuni aytish kerakki, yangi organ turli toifadagi xizmatlar ko‘rsatuvchi yetakchi markazlarni ishga tushirishi hamda tajribaga asosan uni keng tatbiq etishning milliy modelini ishlab chiqishi mumkin. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya qilish tizimini samarali yaratish uchun barcha sharoitlar mavjud. Davlat organlarida aniq vazifalar asosida o‘tkazilayotgan islohotlar zaminida uzilgan bo‘g‘inlarni birlashtirishga yordam beruvchi ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning aniq rejasi hamda uslubiy islohotining aniq “manzarasini ko‘rish” juda muhim. Yordamga muhtojlarga ko‘mak, mehr-shafqat ko‘rsatib hamjihatlikda ularni qo‘llab-quvvatlash, eng oliy va milliy qadriyat hisoblanib, u befarq bo‘lgan insonlarni ezgu maqsad yo‘lida birlashtiradi. Shu maqsad yo‘lida birlashib, yagona kuchga aylanamiz. Muhimi, qiyin vaziyatlarga tushgan, umidsiz qolgan insonlarga ularni qo‘llab-quvvatlovchi, yordam berishga tayyor turuvchilarning borligini bildirishdi jtimoiy himoyaga kimlar muhtoj? Aholining «himoyaga muhtoj qatlam»i kimlar? Qamrov nihoyatda keng.Masalan,Mehribon uylarining tarbiyalanuvchilari, shu jumladan ota-onasi mehnat migratsiyasidan yillab uyiga kelmaydigan insonlarning farzandi bo‘lgan «ijtimoiy yetimlar». O‘zining tuzalmas kasalligi bilan yakkama-yakka qolgan nogironligi bor insonlar. Adashib, qonunni buzgan o‘smirlar. Uyda qarovchisi yo‘q keksalar. Ijtimoiy realibitatsiyasiz qolgan sobiq mahbuslar. Onkologik va boshqa og‘ir dardga chalinganlar. Og‘ir vaziyatga tushgan oilalar va oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari. Ko‘rinib turibdiki, kimlardir vaqtinchalik yordamga, kimlardir esa uzoq muddatli ko‘makka muhtoj. Shuning uchun muammolarni maqsadli hal qilishga imkon beradigan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart. Endi yechim haqida gaplashsak. Jahon tajribasi asosida fikr bildirish mumkinki, ijtimoiy himoya ikki ustun – ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy faoliyat asosida yuzaga keladi. 1. Ijtimoiy ta'minot tizimi -hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va Pensiya jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari vositalari ko‘rinishidagi turli to‘lov dasturlarni o‘z ichiga oladi. 2.Ijtimoiy ish tizimi – insonlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarini bartaraf etishda qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish, realibitatsiya orqali yordam berishga qaratilgan kasbiy faoliyat hisoblanadi. Ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligini ta'minlash uchun yagona muvofiqlashtiruvchi organ faoliyati kerak bo‘lib,u ijtimoiy himoya va ijtimoiy ishni samarali amalga oshirish uchun tuman tizimidan boshlab, barcha davlat tuzilmalari hamda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Ushbu organ turli me'yoriy-huquqiy hujjatlar bazasini ishlab chiqish, turli tashkilotlar tomonidan ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy ta'minot dasturining amalga oshirilishi va boshqarilishini monitoring qilish uchun mas'ul bo‘lishi lozim. «Bu nima uchun kerak?» Aslida sabablar bir nechta:n O‘zaro muvofiqlashtirish. Mamlakatimizda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining faoliyati 2016 yil fevralida Mehnat vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi «boquvchisini yo‘qotgan yetim»dek bo‘lib qoldi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga; ijtimoiy moddiy yordam berish hamda ijtimoiy nafaqa belgilash va to‘lash monitoringini yuritish vazifalari Moliya vazirligiga o‘tkazildi. Shu qatorda, yoshi bo‘yicha, yetim va nogironligi bor bolalar guruhlarga ajratilib, ularga Xalq ta'limi vazirligi mas'ul qilindi. Aholining yoshi katta nogiron qatlami esa Sog‘liqni saqlash vazirligiga taalluqli bo‘ldi. Byudjyetning optimallashtirilishi. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat byudjyeti hisobidan ijtimoiy sohaga qariyb 60 foiz mablag‘ ajratilmoqda. Sog‘liqni saqlash va ta'limga oid katta xarajatlardan tashqari ushbu sohadagi xarajatlar internat muassasalari hamda ijtimoiy to‘lovlarning xarajatlarini qoplashga sarflanadi. To‘lovlarni amalga oshirishga YaIMning 7 foiz ajratilib, bu xalqaro tajriba amaliyotidagi yuqori ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga turli tashkilotlarda to‘lovlarning «murojaatlar» asosida amalga oshirish tamoyili mavjud bo‘lib, murakkab vaziyatlar tizimli o‘rganilmasdan va nazoratga olinmasdan moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bular - nogironlikka nafaqa berish, nogironligi bor farzandlar uchun olinadigan nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlar uchun nafaqa, qarilik nafaqasi, bolalar nafaqa to‘lovi, kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar, tug‘ruq oldi va undan keyingi homiladorlik nafaqasi to‘lovi, ishsizlik nafaqasi kabilardir. Xulosa qilib aytish kerakki, bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtojlarni va davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan to‘lovlarni hisob-kitob qiluvchi yagona tizim yo‘q, bu esa ajratilgan mablag‘larning sarflanish samaradorligini pasaytiradi. Shunday ekan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni hisobga oluvchi Yagona reyestrni tashkil etish talab qilinadi, unda Pensiya jamg‘armasi, Soliq qo‘mitasi, TMEKdan nogironligi bor insonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha dalolatnoma, yordamga muhtojlik to‘g‘risida mahalladan ro‘yxatdan o‘tganligi va shu kabi hujjatlarni davlat ma'lumotlar bazasiga joylashtirilishi lozim. Yagona axborot tizimining mavjud emasligi mablag‘larning samarasiz taqsimlanishi va yordamdan qisqa muddatda yoki maqsadsiz foydalanish xavfiga olib keladi. Ijtimoiy himoya tizimida AKT vositalarini joriy etish xarajatlarni optimallashtirish, ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, xullas, ijtimoiy himoya tizimining sifatini oshirishga yordam beradi. Ijtimoiy himoya qilishning ikkinchi qismiga kelsak -ijtimoiy ish tizimiga-afsuski, hozirgi kunda milliy tizimimiz o‘z rivojlanishining boshlang‘ich bosqichidadir. Ijtimoiy faoliyat haqida so‘z yuritar ekanmiz, gap «yong‘inni o‘chirish haqida emas, uning oldini olish» haqidadir. Murakkab hayotiy vaziyatlarning oldini olish juda muhimdir. Professional ijtimoiy ish zaminida maxsus diplomga ega mutaxassislarning mehnat faoliyati, ijtimoiy xizmat tizimini yaratish, mavjud ijtimoiy xizmatlarni xalqaro standartlar nuqtai nazaridan baholash, ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish standartlarini tasdiqlash, ijtimoiy xizmatchilarning malakasini oshirish kabi tadbirlar yotadi. Ushbu faoliyat «keys-menejment» tamoyili asosida qurilib, har bir murojaatchining shikoyati o‘rganiladi, yordamga muhtojlarning imkoniyat darajasi o‘rganiladi, oilasi hamda uy xo‘jaligidagi sharoitlar baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan harakat rejasi tuziladi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi hamda ulardan foydalanishda qulaylik yaratish uchun birga harakat qilinadi. Asosiy maqsad qisqa muddatli chora-tadbir ko‘rish emas, balki insonni qiyin vaziyatdan qutqarib, normal hayotga qaytishini ta'minlashdir. Kadrlar bilan ta'minlash masalasida professional kadrlar va salohiyati maslahat kengashi talab qilinib, ular ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda huquq-tartibot organlari, tibbiyot muassasalari, mahalla qo‘mitasi, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda insonlarni qaltis vaziyatlardan chiqib ketishlariga yordam berishda hamkorlik qilish kerak. Shunisi e'tiborga loyiqki, mamlakatimizning uchta oliy ta'lim muassasasida uzoq yillar mobaynida ijtimoiy faoliyat bo‘yicha kadrlar tayyorlangan. Biroq, davlat organlarining birortasida (bolalar bilan ishlash sohasi bundan mustasno) ish o‘rni sifatida shtat birligi yaratilmagan. Ish bilan ta'minlanish samarali tashkil qilinsa, hozirda istiqbolsiz ko‘ringan ushbu sohaning bitiruvchilari ertaga yangilangan ijtimoiy himoya tizimiga tamal toshini qo‘yishlari mumkin. Davlat tomonidan tayyorlangan va foydalanilmayotgan kerakli mutaxassislarning o‘z o‘rnini topishiga yordam berishimiz zarurligiga tanqidiy nuqtai nazar bilan qarash ijtimoiy sohani tartibga keltirish haqidagi fikrimizni tasdiqlaydi.Bizga ikki ko‘rinishdagi ijtimoiy soha xizmatchisi kerak: hujjatlarni yuritish uchun oliy ma'lumotli menejyer va uydagi nogironligi bor insonlarga xizmat ko‘rsatish, parvarishlash uchun o‘rta ma'lumotli, malakasini oshirgan hamshira. Davlat barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi kerakmi? Vaziyatning rivojlanish istiqbolini ko‘rish juda muhim. Aksariyat xizmatlar keyinchalik fuqarolik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, hukumat uning siyosatini, xizmatlarga yondoshuvni belgilaydi, metodologik asosini yaratadi, ijtimoiy xizmatlar reyestrini tuzadi, ularga belgilangan standartni tasdiqlash bilan bir qatorda xalqaro donor tashkilotlari, xususiy sektor, nodavlat tashkilotlari, tashabbuskor guruh va homiylar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiradi.Keyinchalik dunyodagi aksariyat mamlakatlar singari bunday ko‘rinishdagi xizmatlar ijtimoiy buyurtma tartibi asosida ko‘rsatiladi. Ya'ni, vazirlik va hokimliklar joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga yordam ko‘rsatish tanlovlarini e'lon qilishi mumkin bo‘ladi. Ayrim MDH davlatlari, jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Belorusiyada bunday amaliyot anchadan beri qo‘llanilib kelinmoqda. Download 130.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling