Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги қарши муҳандислик иқтисодиёт институти


Download 130.43 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1274617
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
REFERR

Referat ishi оb’еkti: Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari bilаn tаnishtirish jаrаyоni
Referat ishi prеdmеti: Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari bilаn tаnishtirish kо’nikmаlаri
Referat ishining аmаliy аhаmiyаti.Referat ishi jаrаyоnidа ilgаri surilgаn fikrlаrdаn, yоndаshuvlаrdаn hаmdа sаmаrаdоrligini tа’minlоvchi Referat ishi nаtijаlаridаn pеdаgоgik fаnlаr bо‘yichа mа’ruzаlаr tаyyоrlаsh, qо‘llаnmаlаr yаrаtish, shuningdеk mеtоdik tаvsiyаnоmаlаr yаrаtishdа, ish tаjribаlаrini оmmаlаshtirishdа sаmаrаli fоydаlаnishgа xizmаt qilаdi.
Referat ishi ishining tаrkibiy tuzilishi vа hаjmi: Referat ishi 14 betdan iborat kirish, bitta bоb, uch bо‘lim, umumiy xulоsаlаr vа tаvsiyаlаr, fоydаlаnilgаn.

I bob O`zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat mexanizmining va kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoyalash tizimining shakllari va rivojlanishi



    1. Aholini ijtimoi himoyalash tizimi haqida umumiy tushunchalar va o`ziga xos xususiyatlar



Barcha toifadagi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ixtisosligi ulardan reallikni boshdan kechirish va talqin etishning turli xil usullari haqida muntazam fikr yuritishlari va ongli munosabatda bo’lishlarini talab etadi. Ҳar qanday ijtimoiy ishchining, ijtimoiy siyosatchi yoki tadqiqotchining jiddiy vazifalaridan biri, bu nazariy va amaliy bilimlarni oshirish maqsadida izlanish va muntazam ravishda o’z dunyoqarashini kengaytirish, haqiqatning ortida nima turganligini o’rganishga nisbatan intilishidir. Faqat shu yo’l bilangina muammo yoki muammo kompleksini tushunishning yangi vositalarini egallab borish mumkin. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy ishda strategiyaning belgilanishiga yordam beradi. Ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixan rivojlanishi, ijtimoiy tuzilmaning va ijtimoiy kichik tizimlarning o’zgarishi bilan shartlangandir. Uruғdoshlik munosabatlari hukmronlik qilgan davrlarda ijtimoiy harakatlar bir-biriga qorishiq bo’lib, u ham amaliy, ham taomil xususiyatga ega bo’ldi. U hox hosilni yiғish bilan, hox to’y yoki qondoshlik intiqomi boғliq bo’lmasin odatlar insoniy faoliyatni tartibni yo’lga qo’yish, uyғunlikka erishish, betartiblik, noturғunlik hosil bo’lishining mohiyatini to’ldirib boradi. Shuning uchun ham an’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan doimo yozilmagan qonun-qoidalarda e’tirof etilgan va nasliy jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yo’naltirilgan harakatlarni talab qiladi. Jamiyatning keyingi rivojlanishida ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko’mak funksiyalarini oila o’z zimmasiga oladi, keyinchalik esa maxsus ijtimoiy institutlar zimmasiga o’tadi. Shu jumladan ijtimoiy ish instituti ham. Jamiyatning shunday ijtimoiy institutga nisbatan ehtiyoji ko’pgina omillar bilan belgilanadi, ular orasida zamonaviy madaniyatlarga xos bo’lgan shaxslararo ajralganlik, begonalashib ketish, oilalarda kechayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning ijtimoiy ishni institut sifatida yetaklab borishga nisbatan tayyorgarligi ijtimoiy va davlat kichik tizimlari maqsadlarining davlat qonunchiligi, konstitutsiyasi va siyosatining taraqqiy etganligida aks etuvchi insoniyatning rivojlanishiga qarab yo’nalganligida namoyon bo’ladi. Inson fikri, shunday qilib, qadriyatli va me’yoriy tizimlarning ko’pqirraligi va tenghuquqliligini anglash, ratsional yordam va ko’mak ko’rsatilishiga olib keluvchi qiyin vaziyatlarni tushunish hamda hayrihox bo’lish orqali kechadi. Ijtimoiy madaniy omillar ijtimoiy ishning mohiyati va turini belgilab beradi, ijtimoiy istiqbollarni hamda ijtimoiy ish modellarining turli xil toifalarini ochib beradi. Ijtimoiy ish o’z shakllari bo’yicha serqirra bo’lib, mutaxassislar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruvchilik darajasidagi ijtimoiy ishchilar, oila bilan ishlovchi mutaxassislar, bola rivojlanishi bo’yicha mutaxassislar, individ yoki guruh bilan ishlash bo’yicha psixoterapevtik va psixologik usullarga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy xizmat va agentliklar, boshpana (priyutlar), internatlar ijtimoiy ishchilari, tibbiyot muassasalari tizimidagi ijtimoiy ishchilar, nogironlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar, mehnat bandligi va migratsiyasi xizmati ijtimoiy ishchilari, armiyadagi ofitser-ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy pedagoglar – ro’yxatni davom ettirish ham mumkin Ijtimoiy ishchi faoliyati turlarini sanab ko’rsatamiz: moliyaviy yordam, bandlik, ko’nikmalarga o’rgatish, ruhiy soғlomlik bo’yicha jamoatchilik markazlari, oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar bilan ta’minlash, tibbiy yordam, ijtimoiy ko’mak, huquqlarining himoyalanishi, kommunal rejalashtirish, shuningdek o’zini mustaqil ravishda himoya qilolmaydigan insonlar nomidan himoyalash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari aholi bilan qay darajada ishlash kerakligi to‘g‘risida yuqori mezonlarni belgilab berdi. Bir yil davomida bu jarayonlar faqat quruq so‘z bo‘lib qolmasdan, balki amalda, hayotimizda ro‘y berib, jamoatchilikning fikrlashini o‘zgartiruvchi jiddiy katalizatorga aylanganining guvohi bo‘ldik. Davlat organlari aholining murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga, oddiy insonlarning muammolarini o‘rganib, ularni hal qilishga, yuzma-yuz muloqot o‘rnatishga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi keskin o‘zgarishlar yillab o‘z yechimini topmagan ayrim eski muammolarni qayta ko‘rib chiqishga va hal etishga yordam bermoqda.
Oxirgi olti oy mobaynida jamiyat hayotida bo‘lib o‘tgan yorqin hodisalar jamoatchilik e'tiborini befarq qoldirmadi (menimcha, bunday voqealar avval ham bo‘lgan, biroq ular to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari endi yoza boshladi). Hayot zarbalari bir necha ayollarni o‘z joniga qasd qilishga undadi. Dahshatlisi shuki, ayol nafaqat o‘z joniga qasd qilmoqda, balki o‘zi bilan birga farzandlarining umriga zavol bo‘lmoqda. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida ona o‘ziga 3 yoshli hamda 7 yoshli farzandlarini bog‘lab kanalga sakragan. Berilgan xabarlardan ma'lum bo‘lishicha, u Daun sindromi bor farzandini voyaga yetkazgan. Yollanib ishlaydigan xodimlarni himoya qilishi lozim bo‘lgan institutlar kasaba uyushmalaridir. Hozirgi vaqtda jiddiy ravishda yangilanish uchragan an’anaviy kasaba uyushmalari bilan bir qatorda ishchilarning yangi-yangi tashkilotlari, “mustaqil” kasaba uyushmalari ham paydo bo‘lgan. Biroq faqat ularni yollanma mehnat xodimlarining himoyachilari deb atab, an’anaviy kasaba uyushmalarini “rasmiy uyushmalar” deb hisoblash, ularni himoyachi sifatida chiqish huquqidan mahrum etish adolatsizlikdir. O‘zgargan kasaba uyushmalari haqli ravishda mustaqil kasaba uyushmalari bo‘lib qoldilar, chunki ular yollanma mehnat xodimlarining vakillari sifatida maydonga chiqadilar va davlat tuzilmalariga bog‘liq bo‘lmaydilar. Ham “mustaqil”, ham mustaqil bo‘lmagan kasaba uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazkur darajasidagi asosiy faoliyati mehnatkashlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z faoliyatlarida ijtimoiy sheriklik shakllari hamda mexanizmlaridan foydalanish sohasiga o‘tdilar. Mazkur mexanizm demokratiya rivojlangan mamlakatlarda yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zini ijobiy tomondan namoyish etdi. Bu mexanizmning mohiyati qarama-qarshilik emas, balki ish beruvchilar vakillari bilan davlat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishdan, shu asosda murosa-madoraga kelish hamda ma’lum darajada maqbul qarorlar ishlab chiqishdan iborat.Jamiyatdagi ijtimoiy-tashkiliy institutlar bilan bir qatorda ko‘pgina ijtimoiy-normativ institutlar ham borki, ular biron-bir tashkilotda namoyon bo‘lmasdan, balki o‘zlaricha mavjud bo‘lib, faoliyat ko‘rsatadilar hamda ijtimoiy himoya qilishda muayyan rol o‘ynaydilar. Huquqning har bir sohasi ana shunday ijtimoiy-normativ institutlar tizimidan iborat (mehnat huquqi, mehnat qonunlari). Yollanma xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muhim ijtimoiy-normativ institut hozirgi vaqtdagi ta’rif bitimlari, kontraktlar, jamoa shartnomalari va hokazolardir.
O‘zining faoliyati bilan butun korxona jamoasini qamrab oladigan va buning uchun zarur huquqlari va imkoniyatlarga ega bo‘lgan asosiy ijtimoiy himoya qilish instituti – bu, kasaba uyushmasi tashkilotidir. Bozor sharoitida bu tashkilotning himoya qilish rolini oshirish ayniqsa zarur. Korxona bankrot yoki yopilgan taqdirda yohud o‘z ixtisosini o‘zgartirgan sharoitda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash ayniqsa muhimdir. Bozor sharoitida korxona normal ishlab turganda ham kasaba uyushmalari tashkilotlarining ijtimoiy himoya qilish vazifasini keskin oshirish talab qilinadi.Korxonada xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning aniq omili va vositasi jamoa shartnomasidir. Bu shartnomaning mohiyati hozirgi vaqtda keskin ravishda o‘zgarib ketdi, chunki yollanma xodimlarga ijtimoiy himoyalanishning pishiq-puxta huquqiy bazasi zarur bo‘ladi Korxonalarimiz va turli-tuman tashkilotlarimiz hayotiga tobora kengroq kirib borayotgan va muayyan sharoitda ijtimoiy himoya vositasi sifatida maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa muhim ijtimoiy-normativ institut mehnat kontraktidir. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shak-shubhasiz ijtimoiy himoya qilish instituti deb qabul qilib bo‘lmaydi, lekin korxonadagi (mehnat tashkilotidagi) kontrakt tizimi xodimlar huquqini ta’minlaydigan maxsus tizim sifatida qaraladigan, agar kontraktda ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar berilishi qayd etib o‘tilgan bo‘lsa, u aynan ijtimoiy himoya qilish instituti sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan ijtimoiy institutlar ma’lum darajada ijtimoiy himoya qilish mexanizmiga kiritilgan. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya qilish mexanizmini shakllantirish jarayoni uzluksiz davom etmoqda.Pensiya - ijtimoiy ta’minotning, keksalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga moddiy yordam ko‘rsatishning eng asosiy va eng ommaviy turidir. Pensiya ta’minoti barcha mamlakatlarda ijtimoiy dasturlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bugungi kunda er yuzida yordamga muhtoj millionlab kishilarning eng zarur ehtiyojlari pensiya to‘lovlari orqali qondiriladi.Hozirda O‘zbekiston Respublikasida 2,5 milliondan ortiq kishi pensiya oladi.O‘zbekistonning ma’naviy-axloqiy an’analari - mustahkam oila, ijtimoiy o‘zaro yordam an’analariga muvofiq keksalar va bolalarning ehtiyojlariga nisbatan sezgirlik, diqqat-e’tibor bilan qaraladi, himoyasiz qolganlarga muruvvat ko‘rsatiladi. Respublika ijtimoiy siyosati ham ma’naviy mezonlarni hisobga olishga asoslanadi. Mustaqil O‘zbekistonga meros bo‘lib qolgan ijtimoiy ta’minot, jumladan, pensiya ta’minoti tizimini puxta o‘ylab, asta-sekin o‘zgartirish yo‘li eng maqbul yo‘l, deb topilgan. Mazkur yo‘l, bir tomondan, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘llasa bo‘ladigan, aholi o‘rgangan va adolat haqidagi ijtimoiy tasavvurga mos keladigan unsurlarni tanlab olish va saqlab qolishi, ikkinchi to­mondan, xo‘jalik rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan yoki bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelmaydigan ilgarigi ijtimoiy tizim nuqsonlarini asta-sekin tuzatishni ko‘zda tutadi. Bu esa mehnatga rag‘batni so‘ndiradigan tengchilik tamoyillaridan voz kechish, tadbirkorlikka, oila jamg‘armalarini oqilona joylashtirish orqali daromad olishga havas uyg‘otish kabilardir.Samarali amal qiluvchi pensiya tizimini yaratish davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Jamiyat mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shgan kishilar to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishi darkor.Fuqarolarning keksayganda, mehnat qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minlanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (39-modda) mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, unda davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni tayinlash, hisoblab chiqish, qayta hisoblash va to‘lash tartibi belgilandi.
Qonunga muvofiq pensiyalar 3 turga bo‘linadi:
1) qarilik pensiyasi;
2) nogironlik pensiyasi;
3) boquvchisini yo‘qotganlik pepsiyasi.
Qonun pensiya ta’minoti uchun ikkita asosiy talabni belgilaydi: 1) pensiya ta’­minoti uchun huquq beruvchi shartlarning mavjudligi (pensiya yoshiga etish, nogiron bo‘lib qolish, boquvchisini yo‘qotish); 2) keltirilgan shartlarga muvofiq talab etiladigan ish stajining mavjudligi. Ushbu talablardan birortasi bo‘lmagan taqdirda pensiya ta’minoti huquqi yo‘qotiladi.


Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling