O‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!


Download 2.51 Mb.
bet1/14
Sana06.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1673307
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tavsiya, ssenariy va dars ishlanmasi @e baza ishreja









2023-2024-o‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etiladigan “Salom bog‘cha” va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha
TAVSIYALAR


Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan,
ta’lim-tarbiyadan boshlanadi.
Sh.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarorida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, ularni o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni barpo etish, Vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak ma’naviyatli, qat’iy e’tiqodga va mustaqil fikrga ega bo‘lgan, fuqarolik burchini chuqur his qiladigan, vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan barkamol avlodni shakllantirishda o‘ta muhim o‘rin tutadi.


Joriy yilning 4-9-sentabr kunlari respublikaning barcha ta’lim muassasalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tiladigan “Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da qarorda tavsiya etilgan ustuvor yo‘nalishlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2023-yilda Prezident saylovi oldidan e’lon qilingan saylovoldi dasturi va saylovchilar bilan uchrashuvlardagi nutqlarida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotiy misollar, fakt va raqamlar orqali, keng va ta’sirchan targ‘ib qilinishi muhim ahamiyatga ega.
2023-2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Ilk qadam davlat dasturi”ga muvofiq sentabr oyida belgilangan “O‘zbekiston
- mening vatanim”
mavzusidan kelib chiqqan holda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida joriy yilning 4-sentabr kuni ochiq mashg‘ulotlar tashkil etishda hududni bayramona shukuhda “Salom bog‘cha” va mustaqillikning o‘ttiz ikki yilligiga monand tarzda bezatish tavsiya etiladi.
Barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishda quyidagilar tavsiya etiladi:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini joriy yilning 4-sentabr kuni soat 8:00 da “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”  shiori ostida tashkil etish;
- mamlakatimizning siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilinishi, xalqimizning Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida ta’lim tashkilotlarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari, o‘quvchi-yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga shukronalik tuyg‘ularini singdirish masalasi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilganini inobatga olib, “Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da o‘tiladigan taqdimotlarga asosiy e’tiborni qaratish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini yetkazish;
- maktab hududini bayram kayfiyatida, shodiyona tarzda “Birinchi qo‘ng‘iroq” va Mustaqillikning o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shioriga monand tarzda bezatish (bunda maktab imkoniyatidan kelib chiqqan holda sahna va uning atrofini bayramona bezaklar bilan jihozlanishi tavsiya etiladi);

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling