O‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!


Download 2.51 Mb.
bet3/14
Sana06.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1673307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tavsiya, ssenariy va dars ishlanmasi @e baza ishreja

1-boshlovchi: Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar va aziz mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum qadrli o‘quvchilar. Sizlarni davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishidan darak berguvchi “Birinchi qo‘ng‘iroq” bilan chin dildan tabriklaymiz.
Butun dunyoda insoniyat e’tirof etgan buyuk mutafakkir bobokalonlarimiz – Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ulug‘ ajdodlarimizning barchasi yoshlik chog‘larida ustozlar ta’limini olgan, ular mehridan bahramand bo‘lgan.
1-boshlovchi: Xalqimizda ajdodlardan meros bo‘lib qolgan ibratli udum bor. Har qanday inson qaysi sohada, qaysi bir kasb-hunarni egallashda kimdandir albatta saboq oladi va shogirdlik davrida olgan bilimlari asosida o‘z kasbining ustasiga aylanadi, mustaqil hayotga kirish arafasida albatta ustozining duoyi fotihasini oladi.
2-boshlovchi: Kimki ustoz duosini olsa, u albatta yuksaladi, kamolga erishadi. Shuning uchun ham Biz, aziz o‘qituvchilarni, ustozlarimizni dunyodagi eng ezgu va oliyjanob kasb egalaridirlar, desak, bu ayni haqiqatdir.
1-boshlovchi:
Assalom ona yurt tonglar o‘lkasi
Ta’rif, tavsifingning yo‘q nihoyasi. (To‘ra Sulaymon)
2-boshlovchi:
Senga bag‘ishlanur muqqaddas qo‘shiq
Bu o‘zbek elining o‘z madhiyasi. (To‘ra Sulaymon)


(O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi barcha tadbir ishtirokchilari jo‘rligida yangraydi, Davlat bayrog‘i maktab (flagshtogi) peshtog‘iga ko‘tariladi)


1-boshlovchi: Azizlar, tadbirni ochib berish uchun so‘zni maktabimiz direktori _____________________ga beramiz. Marhamat.
(Maktab direktorining kirish so‘zi va bayram tabrigi – 5 daqiqa)


2-boshlovchi: Vatan madhi
Kimga dasht boshpana, kimgadir gulzor,
Har kimning sig‘ingan sajdagohi bor.
Har hovuch tuprog‘i ko‘zga to‘tiyo,
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.
O‘ping, ko‘zingizga suring tuprog‘in,
Har so‘zin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrog‘in,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Ko‘nglimning gavhari shu aziz maskan,
Fidodir hamisha unga jon-u tan.
Otalar himmatin yodi mash’ali,
Onalar oq suti hurmati – Vatan.
O‘ping, ko‘zingizga suring tuprog‘in,
Har so‘zin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrog‘in
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving. (Muhammad Yusuf)


2-boshlovchi:
Assalom maktabim muqaddas dargoh
Assalom ustozlar kasb kori saboq
Assalom do‘stlarim menga qo‘sh qanot
Sinfdosh hayotga ishonch bilan boq

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling