O‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!


Download 2.51 Mb.
bet5/14
Sana06.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1673307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tavsiya, ssenariy va dars ishlanmasi @e baza ishreja

1-boshlovchi: 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hayotning har jabhasida, xususan xalqaro sport musobaqalari, fan olimpiadalarida, musiqa va san’at tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallashiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, o‘qituvchi va murabbiylar mehnatiga munosib haq to‘lash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning ko‘rilishi ushbu soha mutaxassislarining nufuzini yanada oshiribgina qolmay, Oliy ta’lim muassasalarining soni 2016-yildagi 77 tadan bugungi kunda 210 taga oshirilishi yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish darajasi
38 foizga yoki 4,2 barobarga ortishiga erishildi.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat
va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!

2-boshlovchi: Yangi O‘zbekistonda bugungi kunda Prezident maktablari, ulug‘ allomalar - Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi, atoqli va mashhur adiblarimiz - Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Ibrat, Muhammad Yusuf, Xalima Xudoyberdiyeva, Abdulla Qodiriy, Ogahiy nomlari bilan atalgan 200 ga yaqin mutlaqo yangicha mazmun va shaklga ega bo‘lgan ijod va ixtisoslashtirilgan zamonaviy maktablar barpo etildi.

Shu sababli, barcha yoshlar uchun zamonaviy bilimlarni egallash, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat sohibi bo‘lish, bardavom hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ayniqsa, maktab ta’limining yaxshilanishiga ta’limga zamonaviy metodika, sifat va raqobat kirib kelishi, darsliklarning eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida to‘liq yangilanishi, maktablarga minglab xorijiy muallimlarning taklif etilishi alohida rol o‘ynadi.


(Yuqori sinf o‘quvchilari ijrosida bitta qo‘shiq va bitta raqs ijro etiladi)
1-boshlovchi: Hozir navbatni yangi o‘quv yilida maktabga dastlabki qadamini qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilarimiz hamda bitiruvchilarimizni tabriklash uchun so‘zni (ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini, hokimlik, sektor rahbarlari, sobiq bitiruvchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari)ga beramiz, marhamat.

  1. ____________________

  2. ____________________

2-boshlovchi: Mana tadbirimiz ham o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Barchangizni maktab qo‘ng‘irog‘i sadolari ostida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi, ilk darsiga chorlab qolamiz. Aziz o‘quvchilar, sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholarga o‘qib, Vatanimizning yanada rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadigan dono farzandlar bo‘lib yetishingizni tilab qolamiz.
(Birinchi qo‘ng‘iroq chalinadi. Qo‘ng‘iroq chalinib bo‘lgandan so‘ng S.Nazarxonning “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘i ostida o‘quvchilar o‘z sinf xonalariga sinf rahbarlari boshchiligida kuzatiladi)
(Namunaviy ssenariyga ijodiy yondashgan holda mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin).






Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling