Yuk ko‘tarish kranlarini qayd etish tartibi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 10
tonnadan ortiq bo‘lgan kranlar va 1 tonnadan ortiq avtokranlardan foydalanishga
ruxsat davlat texnika nazorati tomonidan beriladi va qayd etiladi.
Texnika nazorati tomonidan quyidagi yuk ko‘tarish mashinalari hisobga
olinmaydi va qayd etilmaydi:
- qo‘l harakatli barcha turdagi yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari,
shuningdek qo‘l harakatli kranlarda yuk ko‘tarish mexanizmi sifatida
pnevmatikssilindrlardan foydalanilganda;
- kranga osilgan knopkali apparat yoki statsionar boshqarish pulьti
yordamida boshqariluvchi yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnagacha bo‘lgan ko‘prik
kranlar va buruluvchi konsolь kranlar;
- yuk ko‘tarish qobiliyati 1 tonnagacha bo‘lgan strelali (“hartumli“) va
minorali kranlar;
- o‘zgarmas qulochli yoki burilish va harakatlanish mexanizmiga ega strelali
kranlar;
- yig‘iladigan inshootlarda, jumladan machta, minora, trubalarni montaj
qilishda o‘rnatiladigan ko‘chma kranlar.
Texnika nazorati tomonidan hisobga olinmaydigan barcha turdagi yuk
ko‘tarish mashina-mexanizmlari ularni ishlatayotgan tashkilot yoki korxona
tomonidan standart talablari asosida hisobga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |