Yuk ko‘tarish kranlarini texnik tekshiruv va sinovdan o‘tkazish. Barcha
turdagi yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari belgilangan muddatda tegishli sinov
va tekshirishlardan o‘tkazilib turilishi kerak.
Texnik tekshiruv har 12 oyda bir marta, navbatdan tashqari tekshirish esa
kapital ta’mirlash yoki yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari boshqa joyga
ko‘chirilib qayta o‘rnatilganda o‘tkaziladi. Yuk ko‘tarish mashinalarini to‘liq
tekshiruv yangi kranlar uchun har 3 yilda 1 marta va qayta montaj qilinganda,
qisman tekshiruv esa bir yilda bir marta o‘tkaziladi.
Texnik tekshiruvda asosan quyidagi jarayonlar bajariladi:
a) tashqi ko‘zdan kechirish: metall konstruksiyalar holati, kanatlar, ilgaklar,
ushlash moslamalari, payvand va boshqa birikmalar hamda mahkamlash
qurilmalari tekshiriladi;
b) statik sinov;
v) dinamik sinov;
g) elektr jihozlarini tekshirish.
Amalda, texnik tekshirishlarda kanatlar va ushlab turuvchi moslamalar,
metall konstruksiyalar va payvand, parchin, boltli birikmalar holatiga, balka va
to‘sinlarda yoriqlar, deformatsiyalar, korroziyaga uchragan joylar bor-yo‘qligiga
katta e’tibor beriladi. Kanatlar tekshirilganda ulardagi uzilgan simlar soni
aniqlanadi va simlarning buralganligiga, o‘ramlarning egilib qolgan joylariga
ahamiyat beriladi. Agar o‘ram kadami uzunligi bo‘yicha uzilgan simlar soni 10%
dan (yoki, ruxsat etilgan mikdordan, 1-jadvalga qarang) ko‘p bulsa, bunday kanat
ishga yaroqsiz hisoblanadi
6-jadval
Kanat o‘ramlarining qadam uzunligi bo‘yicha uzilgan simlarini ruxsat etilgan miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |