0 mavzu. Ishlab chiqarish rejasi reja: 10. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni, tarkibi, vazifasi 10. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish


 Ishlab chiqarish rejasi ko‘rsatkichlar tizimi


Download 266.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi266.64 Kb.
#1606666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 mavzu (2)

10.3. Ishlab chiqarish rejasi ko‘rsatkichlar tizimi 
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o‘lchovlardan 
foydalaniladi: natural, shartli natural, qiymat va mehnat. Natural o‘lchovlar bir 
turdagi mahsulotlar hajmi va o‘zgarishini baholash imkonini beradi. 
Quvvati, o‘lchami bilan farqlanuvchi bir turdosh mahsulot ishlab 
chiqarishda shartli yoki shartli-natural o‘lchovlardan foydalaniladi. Ushbu 
o‘lchovlar barcha turdagi mahsulotlarni baza qilib olingan bir turga keltirib olish 
imkonini beradi. Bunda mahsulotni tayyorlash mehnat sig‘imi asosida 
hisoblanadigan o‘tkazish koeffitsienti qo‘llaniladi. 
Ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarishda umumiy mahsulot hajmini natural 
o‘lchovlarda ifodalash mumkin emas, shu sababdan ushbu maqsadda qiymat 
o‘lchovlaridan foydalaniladi. Mehnat o‘lchovlari yordamida ishlab chiqarish 
dasturining umumiy mehnat siimi aniqlanadi. Mehnat o‘lchovlari korxona, sex va 
uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo‘llaniladi. Ushbu ko‘rsatkich 
ishlab chiqariladigan mahsulot soni borasida ma’lumot bermaganligi sababli 
asosiy ko‘rsatkich bo‘la olmaydi. 
Asosiy qiymat ko‘rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar 
mahsulot, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot hajmi ko‘rsatkichlari kiradi. Yalpi 
aylanish korxona asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi sexlarda yaratilgan 
mahsulotlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Yalpi aylanishga korxona ichida 
iste’mol qilishga yo‘naltirilgan, tashqariga sotiladigan mahsulotlar kiritiladi. 


Ushbu ko‘rsatkich korxona ichida mahsulotni takror hisobga olishni ko‘zda tutadi. 
Yalpi aylanish korxona faoliyatini tahlil qilishda ishlab chiqarish strukturasi 
o‘zgarganda (ya’ni sexlar ishga tushirilganda, sexlar kengaytirilganda) reja 
ko‘rsatkichlarini asoslashda iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Ichki aylanish korxona ichida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol 
qilinadigan mahsulot qiymatini ifodalaydi. Korxona ichida iste’mol qilinadigan 
mahsulotlarga tayyor mahsulot uchun o‘zida ishlab chiqarilgan yarim 
fabrikatlarni qayta ishlash; o‘zida ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan 
havo, buni iste’mol qilish; o‘zida ishlab chiqarilgan bino, inshoot, jihozlarni joriy 
ta’mirlashda iste’mol qilinadigan detallar kiritiladi. 
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot zavod usulida aniqlanadi ya’ni 
rejalashtirilgan tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar hajmidan korxona 
ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi. 
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor 
mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining 
iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim. 
Tayyor mahsulot standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to‘liq 
tayyorlangan, texnik nazoratdan o‘tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga 
to‘shirilgan buyumlardir. 
Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o‘tgan, lekin 
keyingi sexda ishlovdan o‘tishi yoki yig‘uv sexida foydalanilishi lozim bo‘lgan 
mahsulotlardir. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish 
o‘rnida ishlovdan o‘tayotgan, ish o‘rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik 
nazoratda turgan mahsulotlardir. 
Tovar mahsulot hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan 
mahsulotlardir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga 
mo‘ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi 
ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. Tovar mahsulot 
hajmini quyidagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin: 



Download 266.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling