0-sinf algebra va matematik analiz acoclari
Download 24.61 Kb.
|
0-sinf algebra va matematik analiz acoclari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1
10-SINF ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ACOCLARI (102 soat, haftasiga 3 soat. B1+: 34 soat, haftasiga 1 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: B1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi; matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi; matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi; matematik ta’riflarini va teoremalarni yoddan ifodali ayta oladi. B1+ mantiqiy qonunlar asosida keng qamrovli, mantiqiy asoslangan mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi; mantiqiy asoslangan fikr yuritib, muloqot olib bora oladi; mavzudan kelib chiqqan holda, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va ravshan ifodalay oladi, mantiqiy to‘g‘ri savollarni tuza oladi va ularga javob bera oladi; muammo va tushunmovchiliklarni hal etish uchun to‘g‘ri qaror qabul qila oladi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1 tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi; ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi; axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi; berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa oladi. B1+ mustaqil ravishda axborotlarni izlay oladi, tizimga sola oladi, tahlil qila oladi, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini ajrata oladi; axborot resurslaridan topilgan axborotlarni tanqidiy o‘rganib, ular asosida fikrlarini asoslay oladi va to‘g‘ri qaror qabul qila oladi; matematik modellarni tahlil qilish va matematik masalani yechish uchun tavsiya etilgan axborot-kommunikasiya vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va forumlaridan, simvolik hisob-kitob kompyuter dasturlaridan (Maple, MathCad va h.k.) foydalana oladi. Download 24.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling