0-sinf algebra va matematik analiz acoclari
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
Download 24.61 Kb.
|
0-sinf algebra va matematik analiz acoclari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: B1
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1 mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi; matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi; isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay oladi, o‘z fikrini dalillay oladi; o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi; masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘ri bajara oladi; o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi; yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi; olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta oladi; qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi, ko‘zlagan maqsadga intila oladi; xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa oladi, gipotezalarni taklif eta oladi va uni tekshirish zarurligini tushuna oladi; mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay oladi; real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi; o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi. B1+ nostandart vaziyatlarini tahlil qila oladi, maqsadlarni belgilay oladi, o‘zining faoliyatini regalashtira oladi; o‘zining shaxsiy pozisiyasiga asoslanib noaniq hollatlarda o‘z o‘rnini topa oladi; real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining va boshqalarning pozitiv emosional munosabatini shakllantira oladi. analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi; muammoning yechimiga olib keladigan asosiy g‘oyani topa oladi; deduktiv mushohada yuritishning asosiy usullaridan foydalana oladi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: B1 turli nuqtayi nazarlarni qabul qila oladi va solishtira oladi; guruhda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi, bajariladigan ishlar taqsimotiga asosan boshqara oladi; boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi; atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi va guruhda ishlay oladi; muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila oladi; guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta oladi. B1+ o‘z maqsadlarni belgilay oladi va ularni boshqa insonlarning intilishlariga moslashnira oladi; qo‘yilgan maqsadga muvofiq o‘zining faoliyatini rejalashtira oladi; turli vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qiladi va shu qarorni bajarilishini tam’inlay oladi; umumiy masalani yeshish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira oladi va bu loyihaning bajarilishini nazorat qila oladi; turli nuqtayi nazarlarni tanqid qila oladi. Download 24.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling