0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta sug’urta turlari Xorijda sug’urta klassifikatorining tarkibi Javoblar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 55.15 Kb.
bet19/20
Sana04.01.2023
Hajmi55.15 Kb.
#1078821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta

26-modda. Sug‘urta siri
Sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar, sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i, sug‘urtalangan mol-mulk, sug‘urta puli, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sug‘urta bitimlari va operatsiyalarining ro‘yxati, sug‘urta tariflari, sug‘urta turlari hamda muddatlari ochiq axborot bo‘lib, sug‘urta siri predmeti bo‘lishi mumkin emas.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar sug‘urta qildiruvchi, shuningdek sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar o‘zlariga taalluqli ma’lumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchining roziligi olinmagan holda sug‘urtalovchi tomonidan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-156-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 129-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda sug‘urtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sug‘urta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar, bundan sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar mustasno, qonun hujjatlarida majburiy sug‘urta bo‘yicha belgilangan majburiyatning sug‘urta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sug‘urta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda quyidagilarga beriladi:
sug‘urta qildiruvchi o‘z vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxsga;
sud va notariusga — ularning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ishlar bo‘yicha sudning qarori yoki notariusning o‘z muhri bilan tasdiqlangan yozma so‘rovi asosida. Notariusning yozma so‘roviga sug‘urta qildiruvchi vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan bo‘lishi kerak;
konsulga uning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ishlar yuzasidan.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(26-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)

Download 55.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling