0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta sug’urta turlari Xorijda sug’urta klassifikatorining tarkibi Javoblar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining firma nomiga doir talablar


Download 55.15 Kb.
bet14/20
Sana04.01.2023
Hajmi55.15 Kb.
#1078821
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta

13-modda. Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining firma nomiga doir talablar
Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining filiallari, shuningdek unitar korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining firma nomlari mustasno.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
14-modda. Sug‘urtalovchining firma nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini yoki joylashgan manzilini o‘zgartirish
Sug‘urtalovchining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili o‘zgargan taqdirda sug‘urtalovchi bu haqda sug‘urta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, o‘z ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha esa yozma ravishda xabardor qilishi shart.
15-modda. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya sug‘urtalovchiga yoxud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud umumiy sug‘urta sohasida, yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga ko‘ra hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini qo‘shib olib borishga haqli emas, umumiy sug‘urtaning 1 va 2-klasslari (baxtsiz hodisalardan va kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish) bo‘yicha faoliyat bundan mustasno.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.

Download 55.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling