0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta sug’urta turlari Xorijda sug’urta klassifikatorining tarkibi Javoblar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati


Download 55.15 Kb.
bet17/20
Sana04.01.2023
Hajmi55.15 Kb.
#1078821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta

20-modda. Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati
Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sug‘urtalovchining asosiy vazifalarini ta’minlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar to‘langanidan so‘ng quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — hayotni sug‘urta qilish sohasida majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilarning talablari;
ikkinchi navbatda — sug‘urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha talablari;
uchinchi navbatda — boshqa sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
to‘rtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha talablar. Ko‘rsatilgan talablar to‘liq qanoatlantirilgandan keyin ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar hamda jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda — sug‘urtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
21-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralari
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valyutasida to‘langan sug‘urta mukofotlaridan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralariga mos keluvchi aktivlari olib qo‘yilishi mumkin emas.
22-modda. Sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyatining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilar ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdordan va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdoridan ortiq majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishlari mumkin emas, ularning bu majburiyatlarni bajarish qobiliyati to‘lovga qobiliyatlilik normativlariga va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sug‘urta qilingan hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilishga haqlidirlar.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)

Download 55.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling