0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta sug’urta turlari Xorijda sug’urta klassifikatorining tarkibi Javoblar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Sug‘urtalovchilar buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 55.15 Kb.
bet18/20
Sana04.01.2023
Hajmi55.15 Kb.
#1078821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta

23-modda. Sug‘urtalovchilar buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta brokyerlari va qayta sug‘urta brokyerlari maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadilar.
24-modda. Monopolistik faoliyatga yo‘l qo‘yilmasligi
Sug‘urta bozorida raqobatni cheklash yoki bartaraf etishga, bir sug‘urtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sug‘urta qildiruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilariga o‘z uyushmalari (ittifoqlari) va boshqa birlashmalaridan sug‘urta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
25-modda. Axborot olish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sug‘urtalovchilarning va adjastyerlarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining ro‘y berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorlarini sug‘urtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni o‘z vakolati doirasida talab qilib olishga haqli. Bunday axborotni talab qilib olish yozma ravishda, so‘rov sabablari ko‘rsatilgan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Maxsus vakolatli davlat organi o‘zi olgan axborotning sir tutilishiga rioya etishi shart, axborotning oshkor qilinishi qonunda ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.

Download 55.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling