0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta sug’urta turlari Xorijda sug’urta klassifikatorining tarkibi Javoblar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 55.15 Kb.
bet16/20
Sana04.01.2023
Hajmi55.15 Kb.
#1078821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
0-Variant Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar Qayta

18-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus vakolatli davlat organining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
tuzilayotgan sug‘urtalovchining balansi va faoliyatining taxminiy moliyaviy natijalari;
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni rad qilishga haqli, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin bo‘lsa;
(18-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)
sug‘urtalovchilarning qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi so‘rab taqdim qilingan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lsa yoxud bu hujjatlar qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lsa;
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga zid bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan arizani takroran ko‘rib chiqishda ushbu qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi (sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo‘lgan davrda ular yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasno.
(18-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish natijasida litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchining litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-267-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sug‘urtalovchilarda yangidan vujudga kelgan sug‘urtalovchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Download 55.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling