0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
Buxoro-Eron
munosabatlari Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnashgan aso- siy hudud Xuroson bo‘ldi. Buning sababi Xu- rosonning harbiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy 41 Buxoro - Ilindiston munosabatlari jihatdan muhim ahamiyatga ega ekaoligida edi. Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo‘nalishida o‘ziga xos darvoza vazifasini ham o ‘tar edi. Xurosonni nazorat qilish masa- lasida shayboniylar va safaviylar o‘rtasida kcskin kurash ketdi. Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Xususan, Ab dullaxon II Xurosonning Marv, Nishopur va Mashhad kabi yirik shaharlarini egalladi. Abdullaxon II Eronga qarshi kurashda Usmonli davlati bilan itti- foq tuzishga urinib ko‘rdi. Biroq maqsadiga erisha olmadi va oxir- oqibat Eron Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo!ldi. Ashtarxoniylar davrida ham Eron bilan munosabatlar keskinligicha qoldi. 1740-yilda esa Eron Buxoro xonligini qaram davlatga aylan- tirishga erishdi. Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Bu xoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar- ning o ‘rnatilishi Bobur va Ko‘chkunchixonlar nomi bilan bog‘liq. Ko'chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi. U bilan savdo va elchilik mu- nosabatlarini o‘matdi. Buxoro elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahming mashhur mayizlaridan, subhoni o‘riklaridan va boshqa noyob ne’matlaridan iborat sovg‘a-salomlari qatorida 200 ta yaxshi ot ham olib keldi. 0 ‘z navbatida, Bobur ham Buxoro xonligiga elchilar yu- bordi. Ikki davlat o‘rtasidagi bunday mu nosabatlar keying! shayboniy va boburiy hukmdorlar davrida yanada kengaydi. Xu susan, Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qi- lishga intildi. Shu sababdan Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga bir necha marta el- chilarini yubordi. Abdullaxon II Akbarshohga Eronni o‘zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo‘lmadi. Chunki Akbarshoh fuqarolari turli din va Akbarshoh 4 2 diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiluvchi davlatlaming bir-biriga toqat qilib yashashlari tarafdori hamda diniy bag‘rikenglikni davlat siyosati darajasiga ko‘targan hukmdor edi. Qolaversa, u Eron bilan yaxshi munosabatda ham edi. 1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga yo‘llagan maktubida Us- monli davlati Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishla- nayotganligini bayon etdi. Ayni paytda, Buxoro va Hindiston birgalik- da Eronga yordam ko‘rsatishi zarurligini ta ’kidladi. Biroq Eron shayboniylar davlatini o‘zining asosiy raqiblaridan biri deb hisoblab kelayotgani uchun Abdullaxon II Akbarshoh taklifiga rozi bo!lmadi. Boburiy hukmdorlar Shoh Jahon va Avrangzeb Olamgirlar hukm- ronligi davrida ashtarxoniylar bilan savdo-sotiq aloqalari davom etdi. 3. 4. 5. Qanday omillar Buxoro-Rossiya o‘rtasida savdoning rivojlanishiga xizmat qildi? Buxoro-Rossiya manfaatlari to'qnash kelgan masalalarni qayd eting. XVIII asrda Rossiya - Buxoro munosabatlarida nima sababdan o‘z- garish yuz berdi? Buxoro—Eron munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? Buxoro—Hindiston munosabatiga oid asosiy jihatlami qayd eting. Bugungi kunda do'stona Rossiya Federatsiyasining 0 ‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurishiga oid ma’lumotlarni to‘plab keling. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling