0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Tor ко 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
Tor ко 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling... Me’morchilik Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va lining atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davming barcha muhandislik imkoniyatlari va jami- yatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Ulaming orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo K o ‘- kaldosh, Nodir devonbegi, Ernazar elchr, Samarqandda qurilgan Shay- boniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ко ‘kaldnsh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon mad- rasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘janing o‘g‘li Baroqxon tomo- nidan qurildi. Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadi. Bu madrasada yurtimizning mustaqillik yillarida ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. XVI asrning birinchi yarmida Samarqand hokimi Ya- Nodir devonbegi 4 7 Registon maydom langto'sh Bahodir vayrona holatiga tushib qolgan Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasim. lining yonida esa Tillakori madrasa-masjidim o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirdi. Unga tilladan ishlov berildi. Samarqand Registon ansambli o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor pesbtoqlari, ulkan gum- bazlari bilan 0 ‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi sifatida jahon jamoatchiligi va sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. „ .. , Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot Buxoro xonhg.data hm Tslohot o4kazilishiga amal. dorlar guruhini shakllantirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha so- halar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta'lim i joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta ’lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi. Madrasa ta ’limi uch bosqichli bo‘lib, uning har bir bosqichida 7 yil dan o’qilgan va o‘quv jarayoni 21 yil davom etgan. 0 ‘quvchilar ilohiyot ilmi, hisob-kitob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’a- tidan ilm olishgan. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktabxonalar faoliyat ko’rsatgan. 0 ‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan. 0 ‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yu- rituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida 4 8 tashkil etilgan ho‘lih, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o‘qituvchilik qilishgan. Ulami domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan. Qizlami otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol o‘qituvchilar o‘qitishgan. Bolalar maktabga 6 - 7 yoshdan berilgan va ular 5 - 8 yil davomida boshlang’ich ta’lim olganlar. 0 ‘quvchilarga avval harflar, keyin esa bo‘g‘inlar, ulami qo'shish orqali so‘z tuzish, ,,Haftiyak“ (Qur’oni Karimning yettidan biri) ki- tobini o‘qish o ‘rgatilgan. Hisob darslarida sonlar va to‘rt amal o‘r- gatilgan. 0 ‘quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Sa’diy She- roziy, Holiz Sheroziy va So‘fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob“ni o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktabxonalarida uy-ro‘zg‘or tutish, pa- zandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq e’ti- bor berilgan. Bolalar o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga o‘tganlar. Maktabxonalarda imtihonlar o‘tkazilmagan. 0 ‘quvchilarga maktabni bitirgani to‘g‘risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o‘qishi, to‘g‘ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganli- gining isboti bo‘lgan. Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasaga mak- tabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqti- doriga qarab 7 -1 2 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo'lgan. 0 ‘qish „Avvali ilm“ deb nomlangan fors tilidagi o‘quv qo'llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. So‘ng arab va fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan. Ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Keyin arab tili grammatikasi o‘qitilgan. Fiqh (huquq)ni o'rganish majburiy hisoblangan. Xonlikda ta’lim xarajatlari vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan. E ’tibor bergan bo‘lsangiz maktabxonalarda eng muhim tabiiy fan- lar o‘qitilmagan. Buning sababi, birinchidan, diniy mutaassiblikning kuchayganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xonlikning tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolgan hamda ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligida edi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz zamonaviy, tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan bexabar qolishdi. Natijada, mamlakat taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan hukmdorlar, davlati arkon, sulola vakillari o4z qobig‘iga o ‘ralashib qoldilar. 4 - O ‘zbekiston tarixi, 8 -s in f 4 9 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling