0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
50
Mang‘itlar sulolasi hokimiyatining o ‘rnatilishi lari haqida kelishuvga erishish vazifasini yukladi. Hakimbiy bu va- zifani uddaladi. Buxoro Eron bosqiniga qarshi tura olmagach, Abulfayzxon taslim bo‘lish shartlari haqidagi shartnomani imzolashga majbur bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra, Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga qaram davlat deb tan olindi. Shuningdek, katta miqdorda o‘l- pou to'landi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarlik qo‘shin to‘planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo ‘natildi. Bu qo‘- shinga Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahim qo‘mon- don etib tayinlandi. Shu tariqa, Abulfayzxon amalda Eronga qaram qo‘g‘irchoq hukmdorga aylandi. Muhammad Hakimbiy esa qo‘shbegi (Bosh vazir) lavozimini egalladi. Butun hokimiyat amalda uning qo‘- lida to‘plandi. Endi ashtarxoniylar hukmronligining barham topisbi muqarrar bo‘lib qoldi. Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o‘zbek qabilalaridan biri mang‘itlar- ning nufuzi baland edi. Bu qabila hokimiyat to ‘la ashtarxoniylar qo‘lida bo‘lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qildi. Biroq, keyinchalik, Bu xoroda mang!itlar alohida nufuzga ega bo‘lish uchun astoydil ku- rashdilar va Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar. Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgach, Rahimbiy o‘z qo‘- shini bilan Buxoroga qaytib keldi va o‘zining muntazam qo‘shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogarlik qila boshladi. So‘nggi ashtarxoniy Abulfayzxon uni ota- sining o ‘rniga tayinlashga majbur bo‘ldi. Nodirshoh 1747-yilda o'ldirilganidan so‘ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo‘l ochdi. Uning buyrug‘i bilan Abulfayzxon 1747-yilda o‘ldirildi. Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘minni o‘tqazdi va uni o‘ziga kuyov qilib oldi. Ko‘p o‘tmay Muhammad Rahimbiy soxta xonlarni ham qatl ettirdi va 1756-yilda hokimiyatni to ‘la egalladi. Biroq mang‘itlar chingiziylar nasliga mansub emas edilar. Shuning uchun mang‘it hukmdorlari o‘zlarini xon deb emas, amir deb atadilar. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling