0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

63
Qurol-yarog‘Iar va 
qo‘shin ta’minoti


amirlik askarlari piltamiltiq, to ‘pponcha, uzun nayza va egri qilich 
bilan qurollantirilgan. Askarlar o'zini o!qdan saqlay olishlari uchun 
sovut, temir dubulg ‘a bilan ta’minlangan.
XIX asrning o ‘rtalaridan boshlab o ‘tochar qurol (miltiq va to ‘p) 
laming salmog‘i oshdi. Sarkardalar to'pponcha va qilichdaa tashqari 
ikki stvolli miltiq bilan qurollangan. Qo‘shinning to ‘pchilar qismi 
ixtiyorida jami 50 ta to ‘p  bor edi. To‘plarning sozligi ms va fors 
mutaxassislari nazoratida bo'lgan. Kichik kalibrli ,,xitoychi“ deb atal- 
gan to‘p harbiy harakatlar chog!ida tuyalaming egarlari ustiga mah- 
kam qilib o‘rnatilgan.
Amirlikda qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi ustaxonalar ham quril- 
gan. Masalan, to‘plar Samarqand shahridagi ustaxonada quyilgan 
bo‘lsa, porox Qarshi shahrida tayyorlangan. Uni ishlab chiqaruvchi 
hunarmandlar dorukash deb atalgan.
Harbiy harakatlar chog'ida qo'shinni joylashtirish masalasi sarboz 
va to ‘pchilarning har bir o‘nlik bo‘linmasiga bittadan chodir ajratish 
orqali hal etilgan. Qurol-yarog1, o ‘q-dori va jang ucbun barcha zarur 
anjom-uskunalar manzilga ot-aravalarda yetkazib berilgan.
Amir Nasrullo muntazam qo‘shinning ehtiyojlarini, dastlab, kunda- 
lik iste’mol mahsulotlari berish orqali qanoatlantirgan. Keyinchalik 
muntazam qo‘shin askarlari uchun maosh to‘lanadigan bo'ldi. Chu- 
nonchi, sarboz va to‘pchi askar uchun har uch oyda bir tilla maosh 
belgilandi. Tabiiyki, yuqori mansabli sarkardalaming maoshlari miqdori 
balandroq bo'lgan. Masalan, yuzboshi oyiga olti tilla, qorovulbegi 
to‘rt yarim tilla, panjaboshi (ellikboshi) sakson besh tanga, bosh sar- 
karda esa ikki ming tilla maosh olardi.
Bundan tashqari, harbiy harakatlar chog‘ida mansab va unvonidan 
qat’i nazar har bir qatnashchiga kuniga bir tilla berilardi. Undan 
tashqari, oddiy askar har uch kun uchun bir tanga, o!nboshi har ikki 
kun uchun bir tanga, qorovulbegi kuniga ikki tanga va yuzboshi esa 
to‘rt tanga qo‘shimcha haq olardi.
Ayni paytda, muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli 
soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo'lgan askami, 
shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oil a a’zolarini 
dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan.
64


1. 1837-yilgi harbiy islohot qanday ahamiyat ega bo‘ldi?
2. Amirlik muntazam qo‘shinining tarkibiy qismlarini qayd ctlng.
3. Amirlik qo‘shinining qurol-yarog‘lari qanday qurollardan iborat 
bo'lgan?
4. Qo‘shinning moddiy ta’minoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Qo'shindagi harbiy mansablar va unvonlar ro‘yxatini tuzing.
0 ‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatchilar uchun qanday im- 
tiyozlar qo'llanilayotganligi haqidagi ma’lumotlami to‘plab keling.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling