0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

6 7


4.
5.
6
.
Amirlik joylashgan hudud chegaralarini qayd eting.
Amirlik aholisining milLiy tarkibi kimlardan tashkil topgan edi? 
Amirlikda qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qanday tadbirlar 
amalga oshirildi?
Sug‘orish inshootlari vositalari va qishloq xo‘jaligida qo'llaniladigan 
mehnat qurollari ro‘yxatini tuzing.
Amirlikda yer egaligining suyurg‘ol shaklida qanday o ‘zgarish yuz 
berdi?
Amirlikda qanday soliqlar amalda bo‘lgan?
Bugungi 0 ‘zbekistonda joriy etilgan soliq turlari haqida ma’lumot 
to‘plang.
Amirlikning iqtisodiy 
hayotida yirik 
shaharlarning o‘rni
19- §. Amirlik shaharlari. Ichki va tashqi savdo
Shaharlar hamisha mamlakatning iqtisodiy
siyosiy va madaniy hayotida g‘oyatda katta 
ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Chunki sha­
harlar davlat hokimiyatining tayanchi, sav­
do va hunarmandchilik markazi. madaniyat hamda ilm-fan o‘chog‘i 
vazifasini o‘tagan. Ulardan biri „Tangrining jamoli“, „islom dinining 
gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug'langan 2500 yillik 
tarixga ega Buxoro shahridir. Buxoro shahri 1533-yilda Buxoro xon- 
ligining poytaxti etib belgilandi.
Shayboniy Abdullaxon 
II 
davrida esa uzil-kesil poytaxtga aylandi. 
Ashtarxoniylar va mang‘itlar hukmronligi davrida ham Buxoro poy- 
taxt bo‘lib qolaverdi (1601-1920). Buxoro butun 0 ‘rta Osiyoning 
ma’rifat markazi edi. Bu yerda Xiva, Qo‘qon, Hisor, Samarqand va 
Rossiyaning musulmonlar yashaydigan viloyatlaridan kelgan talabalar 
ham ilm olishgan. Chunki madaniyat, ilm-ma’rifat o‘chog‘i Samarqand 
avvalgi mavqeyini yo‘qotgan edi.
Shahar pishiq g‘isht va paxsa devor bilan o‘ralgan. Shaharga 12 
ta darvoza orqali kirilgan. 60 mingga yaqin aholi yashagan. Shu- 
ningdek, shaharda 100 dan ortiq madrasa, 300 dan ortiq masjid, 38 
ta karvonsaroy bor edi. Karvonsaroylarga har yili 12-15 ming tuya 
mol kelib turgan. Savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga kar- 
vonboshi mas’ul bo‘lgan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling