4.
5.
6
.
Amirlik joylashgan hudud chegaralarini qayd eting.
Amirlik aholisining milLiy tarkibi kimlardan tashkil topgan edi?
Amirlikda qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qanday tadbirlar
amalga oshirildi?
Sug‘orish inshootlari vositalari va qishloq xo‘jaligida qo'llaniladigan
mehnat qurollari ro‘yxatini tuzing.
Amirlikda yer egaligining suyurg‘ol shaklida qanday o ‘zgarish yuz
berdi?
Amirlikda qanday soliqlar amalda bo‘lgan?
Bugungi 0 ‘zbekistonda joriy etilgan soliq turlari haqida ma’lumot
to‘plang.
Amirlikning iqtisodiy
hayotida yirik
shaharlarning o‘rni
19- §. Amirlik shaharlari. Ichki va tashqi savdo
Shaharlar
hamisha mamlakatning iqtisodiy,
siyosiy va madaniy hayotida g‘oyatda katta
ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Chunki sha
harlar davlat hokimiyatining tayanchi, sav
do va hunarmandchilik markazi. madaniyat hamda ilm-fan o‘chog‘i
vazifasini o‘tagan. Ulardan biri „Tangrining jamoli“, „islom
dinining
gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug'langan 2500 yillik
tarixga ega Buxoro shahridir. Buxoro shahri 1533-yilda Buxoro xon-
ligining poytaxti etib belgilandi.
Shayboniy
Abdullaxon
II
davrida esa uzil-kesil poytaxtga aylandi.
Ashtarxoniylar va mang‘itlar hukmronligi davrida ham Buxoro poy-
taxt bo‘lib qolaverdi (1601-1920). Buxoro butun 0 ‘rta Osiyoning
ma’rifat markazi edi.
Bu yerda Xiva, Qo‘qon, Hisor, Samarqand va
Rossiyaning musulmonlar yashaydigan viloyatlaridan kelgan talabalar
ham ilm olishgan.
Chunki madaniyat, ilm-ma’rifat o‘chog‘i Samarqand
avvalgi mavqeyini yo‘qotgan edi.
Shahar pishiq g‘isht va paxsa devor bilan o‘ralgan. Shaharga 12
ta darvoza orqali kirilgan. 60 mingga yaqin aholi yashagan. Shu-
ningdek, shaharda 100 dan ortiq madrasa, 300
dan ortiq masjid, 38
ta karvonsaroy bor edi. Karvonsaroylarga har yili 12-15 ming tuya
mol kelib turgan. Savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar
xavfsizligiga kar-
vonboshi mas’ul bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: