0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

© ,,0 ‘qituvchi“ NMIU, 2019


k i r i s h
„Виуик tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U 
xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi.“
Shavkat Mirziyoyev
Aziz o‘quvchilar!
VIII sinf ,,0 ‘zbekiston tarixi“ darsligi Sizga Vatanimizning XVI 
asrdan XIX asr o ‘rtalarigacha boTgan tarixi haqida bilim beradi.
Tarixchi olimlar Vatanimiz tarixining bu davriga „So‘nggi o‘rta 
asrlar“ yoki „Uch xonliklar davri“ deb nom berishgan. Bu davr ta- 
riximizning eng murakkab, ziddiyatlarga to‘la davridir. Chunki bir 
vaqtlar dunyoda mashhur boTgan, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan 
Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to ‘la barham topdi. Siz buning 
sabablarini VII sinf ,,0 ‘zbekiston tarixi“ darsligidan bilib olgansiz. 
VIII sinfda ularni yana bir bor esga tushirasiz.
Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shay- 
boniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqa- 
rish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida erishilgan ulkan 
yutuqlarni saqlab qola olmadilar. Shayboniylar hukmronligi davrida 
oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt 
(udel) qilib bo Tib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning 
zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining kuchayishiga, siyosiy 
tarqoqlikning hukm surishiga olib kcldi. Natijada, XVIII asr boshla­
rida Buxoro xonligi ikkiga boTinib ketdi. Xonliklarda yuz bergan 
kuchli siyosiy tarqoqlik va markaziy hokimiyatning nihoyatda zaif- 
lashuvi oxir-oqibatda dastlab shayboniylar, so‘ng ashtarxoniylar, Xiva 
xonligida esa arabshohiylar sulolasi hukmronligining barham topishiga 
olib keldi. Ulaming o'rnida urug‘-qabila (Buxoro xonligida o‘zbek- 
larning mangTtlar qabilasi, Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar qabilasi va 
Qo‘qon xonligida minglar urug‘i) sulolalari hukmronligi qaror topdi.
Bu hodisa bir tomondan urug‘-qabila sulolalariga markazdan qo- 
chuvchi mahalliy hukmdor laming qarshiligini s indirib markaziy ho-
3


kimiyatni kuchaytirishga imkon berdi. Ikkinchi tomondan esa bir 
xalqning uch davlatga bo'linib yashashiga olib keldi. Ya’ni bu uch
larioing yagona o‘zbek xalqiga maosubligini to‘la his eta olmadi. 
Biroq yuqorida aytilgan fikrlardan X V I-X IX asr birinchi yarmigacha 
bo‘lgan davrni qamrab oluvchi 350 yillik tariximiz faqat qoron- 
g‘ilikdan iborat bo‘lgan ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz lozim. 
Zero, o‘zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolishi sabablarini 
faqat hukmdorlar yuritgan siyosatdangina izlash adolatsizlik bo‘ladi. 
Chunki bu davrda faqat 0 ‘rta Osiyo emas, balki butun islom olami 
tushkunlik davrini boshdan kechirayotgan edi. Siz darslikdan bular- 
ning sabablarini bilib olasiz.
Shunday qiyinchiliklarga qaramay, ajdodlarimiz Yevroosiyo karvon 
savdosini rivojlantirdilar. Ayni paytda, dunyo ahlini hayratga soladigan 
darajada me’morchilik obidalarini bunyod etdilar.
Qo‘lingizdagi darslik Sizni yuqorida qayd etilgan fikrlarning sa- 
bablari bilan tanishtiradi va Sizga X V I-X IX asr birinchi yarmida 
kechgan tariximizni puxta o‘rganib olishga yordam beradi.
;anishda
o‘zbek davlati aholisining katta qismini tashkil etuvchi o‘zbeklar o'z-
tarixiy

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling