0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Mulohaza yuriting!
Temuriylar davlati qulamasligi mumkin edimi?
4-§. Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar 
hukmronligining o‘rnatilishi
Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalarining rahna- 
molari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan 
o‘zaro qirg‘inlaming yana takrorlanishini aslo is- 
tamas edilar. Ularda Muhammad Shayboniyxon- 
ning qirg‘inga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch paydo bo‘ldi.
Bundan tashqari, Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalari ko‘pdan 
buyon to‘la o‘troq tarzda yashashni umid qilib kelardilar. Bu umid- 
ning ushalishi o‘zgalaming unumdor yerlari hisobiga ro‘yobga chiqishi 
mumkin edi.
0 ‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z 
umidlarini ro!yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisob- 
lardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni 
qo‘llab-quvvatladilar.
Shayboniyxon
hokimiyatining
kuchayishi
13


Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o‘lkalarda, 
birinchi navbatda, Movarounnahrda Muhammad Shayboniyxon hoki- 
miyatinbig o‘rnatilishi o‘troq hayotga o‘tish imkonini berishini ham 
yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining 
kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movaroun- 
nahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini 
yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning 
toj-u taxt uchun o‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movaroun­
nahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Mu­
hammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga 
qodir yagona shaxsni ko‘rdilar.
Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hu- 
dudlarida ham o‘z hokimiyatini o‘matishi uchun barcha zarur shart- 
sharoit yaratildi.
Ayni paytda, Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi 
ham Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishini tezlatib yubordi.
Shayboniyxon Temuriylar saltanatiga butunlay 
barham berish maqsadida boshlagan harbiy yu- 
rishi paytida raqiblarini sarosimaga solib qo‘y- 
gan jang usuli — to'lg'amcmi qo‘lladi. U Sa- 
marqandni dastlab 1500-yilda qisqa muddatga 
boTsa-da egalladi va yangi o‘zbek davlati — Shayboniylar davlatiga 
asos soldi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi. Endi 
butun Movarounnahrni egallashga kirishdi.
1503- 
yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shaybo­
niyxon Ulug!bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sul- 
tonbegimning o‘g‘illari bo‘lgan amakilari Ko‘chkunchi Sultonni Tur- 
kistonga va uning ukasi Suyunchxo‘ja Sultonni Toshkentga, o‘zining 
ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi.
1504- 
yilda esa Farg‘ona egallandi. Shayboniyxonning harbiy yu- 
rishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga 
Axsi va Andijonni tortiq qildi.
Jonihek Sulton Abulxayrxonning boshqa bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud 
Sultonning o‘g‘li edi.
Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukm- 
ronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri esa poytaxt etib belgilandi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling