0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Sharqiy Dashti Qipchoqda 
o'zbek daviatining 
tashkil topishi
5


xayrxon yosh bo'lishiga qaramay kuchli sarkardalik qobiliyatiga ega 
edi. Taxt uchun kurashda uni ulusdagi doimiy nizolardan aziyat che- 
kayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvat- 
ladilar. Natijada, Abulxayrxon 1428-yilda ,,0 ‘zbek ulusi“ deb atal- 
gan davlatga asos soldi. Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri bu 
davlatning poytaxti deb e ’lon qilindi. 1431-yilda esa o‘z davlatini 
Oltin 0 ‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi. 1446-yilda esa Sirdaryo- 
ning o‘rta oqimida joylashgan Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, 0 ‘zgan 
va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Davlat poytaxtini esa Sig‘noqqa 
ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga 
kirishganligini anglatar edi. Temuriylar o‘rtasida Samarqand tax- 
ti uchun kurash kuchaygan bir paytda Abulxayrxon vaziyatdan foy- 
dalanishga harakat qildi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temu- 
riyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish 
bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga 
kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytdi. Minnatdorchilik 
tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni 
Abulxayrxonga nikohlab berdi.
1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib 
ketdi. Uning dushmanlari tomonidan Abulxayrxonning qarindoshlari 
va tarafdorlari qirg‘in qilindi. Faqat nabiralari - aka-uka Muhammad 
Shayboniy va Mahmud Sulton, o‘g‘illari Ko‘chkunchixon va Suyunch- 
xo'jaxon kabi juda ozchilik omon qoldi.
„ , 
, „.V
Muhammad Shayboniy va uning ukasi
M uhammad ShayBomy Mahmud Sultonlar Abulxayrxonning o‘g ‘li
Shohbudog4 Sultonning o‘g‘illari edi. Mu- 
maydonida 
hammad Shayboniy 1451-yilda lugSIgan.
Otasi yosh vafot etgan edi. Shuning uchun ham bobosi Abulxayrxon 
ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaradi. Uyg‘ur qavmidan 
bo‘lgan, Shohbudog1 Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki 
shahzodalarga ham otaliq etib tayinladi. Shahzodalar o‘z davrining 
yetuk shaxslari bo"lib yetishdilar.
Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana 
topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro 
madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. Shayboniy 
Buxoroda ilm olishdan tashqari nufuzli davlat va din arboblari bi­
lan yaqinlashib ham oldi. Uning ko‘nglida bobosi Abulxayrxon dav­
latini tiklash orzusi jo ‘sh ura boshladi va Dashti Qipchoqqa yo‘l
6


oldi. Bu davrda Dashti Qipchoqda toj-u taxt 
uchun ayovsiz kurash davom etardi. Aholining 
turli tabaqalari ulusda tinchlik o‘rnatilishini 
xohlamoqda edi. Bu omil yaxshi harbiy ta'lim 
olgan, mustahkam intizomli yollanma qo‘shin 
tuza olgan Shayboniyga juda qo‘l keldi. Biroq 
qo‘shinni saqlash katta xarajat talab qilar edi.
Shuning uchun to‘lov evaziga Movarounnahr 
va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g ‘u- 
liston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi 
kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi. Bu 
harbiy yurishlarda Shayboniy o‘zining mo- 
hir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon etdi.
Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar 
davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi.
Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘- 
lib ketgan qabilalami birlashtirdi va beayov kurashlar natijasida 
XV asrning 80-yillarida bobosi bunyod etgan 0 ‘zbek ulusi davla- 
tini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi hamda xonlik taxtiga o‘tiidi.
Vaqtlar o‘tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni 
ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo 
qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi.
1428-yil —
Sharqiy Dashti Qipchoqda 0 ‘zbek ulusi davlati tuzildi.
• 1451-yil —
Muhammad Shayboniyxon tug'ildi.
• 1468-yil —
0 ‘zbek ulusi davlati parchalandi.
• 1480-yil - Muhammad Shayboniyxon bobosi bunyod etgan 0 ‘zbek 
ulusi davlatini qayta tikladi.
Shayboniyxon
1. Dashti Qipchoq deyilganda qaysi geografik hudud tushuniladi?
2. Abulxayrxon qachon, qayerda va qanday davlatga asos soldi?
3. Abulxayrxonning temuriy hukmdorlar bilan siyosiy aloqasi haqida 
nimalarni bilib oldingiz?
4. Qanday omillar Muhammad Shayboniyga Temuriylar davlatidagi 
ichki vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi?

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling