0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Movarounnahrda 
Shayboniyxon 
hukmronligining 
o‘rnatilishi 
.
14


Etnik jarayon
Xorazm va 
Movarounnahrda mustahkamlanib olgan Shaybo- 
Xurosonning 
niyxon 1505-yilda Xorazmga yurish qildi va uni 
egallanishi 
ham egalladi.
1505-yilning kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yil- 
larda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriy- 
larning Xuroson davlatini egallash Shayboniyxon uohun qiyin kech- 
madi. 1506-yilda Balx, 1507-yilda esa Hirot egallandi. Shundan 
so‘ng Hirot o ‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi 
nufuzini yo‘qotdi.
Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon bu- 
tun mintaqani yagona bir markaz - Samarqand qo‘l ostida birlashtira 
oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu 
uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa, Movaxounnahr, 
Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan hududda Shayboniyxon hukm- 
ronligi o‘rnatildi va shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.
Siz VII sinfda bilib olganingizdek, Movarounnahr 
va Xorazmda o‘zbek xalqi IX -X II asrlarda shakl- 
langan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha 
o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik 
guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda, 
shu jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida yashab 
keldilar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g ‘ullar 
bora-bora bu o'lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ket- 
dilar va o‘z milliyligini yo‘qotdilar. Shayboniylar yurtimizni egalla- 
gach esa Dashti Qipchoqda yashovchi turli o‘zbek qabilalari Mova­
rounnahr va Xorazmga ko‘chib kela boshladilar. Bu hodisa Vatanimiz 
hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmadi.
Avvalo, XVI asrdan boshlab yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi 
kengayib bordi. Ikkinchidan, ko'chib kelgan turli o‘zbek qabilalari 
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o ‘zlaridan ustun bo'lgan 
mahalliy qardoshlari bilan yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular mahalliy 
aholi turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar. Bora- 
bora esa Movarounnahr va Xorazmda aw aldan yashab kelayotgan 
qardoshlari tarkibiga singib ketdilar.
,,0 !zbek“ nomi 0 ‘zbekiston tarixining XVI asrdan keyingi taraq­
qiyot bosqichlarida mahalliy aholi ruhiga singdi. 0 ‘zbek atamasi bu- 
tun bir xalqning etnik nomiga va milliy iftixoriga aylandi.
15


Eron shohi Ismoil 
Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy
Safaviy bilan qonli hukmdorlik qilayotgan edi. U o‘z davri
to‘qnashuv 
uchun katta va qudratli qo‘shin tuza oldi.
Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan 
mashhur.
Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu 
davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli 
davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining 
Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. 
Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to'qnashdi. Marv (ho- 
zirgi Turkmaniston hududi) yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini 
g‘alaba qozondi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda halok 
bo‘lishdi. Bu g‘alaba natijasida shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi.
f t
To‘]g‘ama —
jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanotlaridan aylanib 
o‘tib, qurshab olib zarba berish usuli.
1500-yil - Movarounnahrda yangi o‘zbek davlati - Shayboniylar 
davlatiga asos solindi.
1503- yil - Toshkent egallandi.
1504- yil - Farg‘ona egallandi.
1505- yil - Xorazm egallandi.
1507-yil - Hirot egallandi.
3.
4.
Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo'lgan omillar 
nimalardan iborat edi?
Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nisbatan oson egal- 
lab olishiga nimalar asosiy sabab bo‘ldi?
Shoh Ismoilning g‘alabasi oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 
Yurtimizga Dashti Qipchoqdan turli o‘zbek qabilalari ко‘chib kel- 
gach, etnik jarayon qanday kechdi?

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling