0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

8-§. Buxoro xonligida markaziy
hokimiyatning zaiflashuvi
25


ularni soliq to ‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Natijada, ular 
Ubaydullaxonning eng xatarli dushmaniga aylandilar.
Ayni paytda. Ubaydullaxon tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan 
daromadlaridan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘- 
paytirdi.
Bunday keskin o‘zgarishlarga toqat qila olmagan qudratli kuchlar 
Ubaydullaxonga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. 1709-yilda Far- 
g‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ah- 
volni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, fitnachilar 1711-yilda 
Ubaydullaxonni o‘ldirdilar. Taxtga fitna ishtirokchisi, Ubaydullaxonning 
ukasi Abulfayzxon o'tqazildi.
Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga 
chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan 
so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi.
Taxtga o‘tqazilgan Abulfayzxon kundan kun- 
Xonlikda parokanda- ga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib bo­

1. , .
rayotgan amirlar va zodagonlar qo lidagi bir
qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari sa- 
roy ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘lib qoldi.
Xon hokimiyatining bu darajaga tushib qolishiga xonlikning mun- 
tazam qo!shinga ega boTmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam 
qo'shin tuzishga va uni saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga 
esa xonlik iqtisodiyotining nochorligi sabab bo‘ldi.
Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it qabilasidan chiqqan 
Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib oldi. U barcha shah- 
zodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. Bu boshqa qabilalar 
aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada, Shahrisabz 
hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol 
hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti 
Samarqand boTgan davlat tuzishga qaror qildi. 1723-yilda Samarqandni 
egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o‘tqazdi. Ibrohimbiy o‘ziga 
„amir ul-umaro“ (,,ulug‘ amir“) unvonini oldi.
Ibrohimbiyuing navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab 
Sultonni Buxoro taxtiga o‘tqazish hamda shu yo‘l bilan xonlikning 
eng nufuzli kishisi bo‘lib olish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi 
bo‘lgan amirlar Ibrohimbiyga qo‘shildilar. Ibrohimbiy Buxoroga yurish 
boshladi. U va Rajab Sultonlar ularga qo‘shilganlarga g‘alabadan 
26


so‘ng juda katta boylik va amal va’da qildilar. Jangda Muhammad 
Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga 
uchragan ho‘lsa-da. Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmadi.
Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o‘ylab ko‘rmasdan, 
o‘z maqsadlariga erishish maqsadida. ko‘chmanchi qozoqlardan yor- 
dam so‘radilar. Ularga katta o‘ljalar va’da qildilar.
Jung‘or ko‘chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko‘rgan. 
talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga 
rozi bo‘ldilar. Biroq mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojni 
avj oldirdilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to ‘xtatishga 
qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj 
oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat, 
Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Bu- 
xorodan chiqarib yuborishga qaror qildi. Hakimbiy Qarshiga hokim 
etib tayinlandi. Biroq u qulay fiirsat tug‘ilishi bilanoq, Buxoroda ho- 
kimiyatni у ana o‘z qo‘liga olish niyatidan qaytmadi.
Abulfayzxon esa vaqtini ko‘ngilxushlik ishlariga sarflab, davlat 
ishlarini deyarli nazorat qilmay qo‘ydi. Samarqand, Qarshi, Balx, 
Farg‘ona va Badaxshon amalda mustaqil bo‘lib oldilar.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling