0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Farokandalik 
- mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo‘y- 
sunmasligi, siyosiy tarqoqlik.
• 1708-yil - Ubaydullaxon II pul islohoti o‘tkazdi.
■ 1709-yil - Farg‘ona vodiysi Buxoro tarkibidan ajralib chiqdi.
• 1711-yil - Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi.
Markaziy hokimiyat zaiflashuvining asosida doimo nima yotgan? 
Nega Ubaydullaxon II o'tkazgan pul islohoti natija bermadi?
Nega Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi?
Mang‘it qabilasi sardoTi Muhammad Hakimbiy hokimiyatining ku­
chayib ketishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligidagi ichki 
siyosiy holatni taqqoslang. Xulosalaringizni daftaringizda qayd 
eting.
27


Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan 
davlat hududining chegarasi har doim ham 
muqim bo‘lmagan. Xususan, Shayboniyxon 
hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga 
Movarounnahrdan tashqari Xorazm va Xuroson hududlari ham kirgan. 
Uning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. Xurosonning 
katta qismi esa Eron safaviylari tomonidan egallab olindi.
Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi 
yana kengaydi. Chunonchi, Xorazm va Xuroson yana Buxoro xonligiga 
bo‘ysundirildi. Uning vafotidan so‘ng esa Eron Xuroson hududini 
bo‘ysundirgan bo‘lsa, Xorazm yana mustaqil davlatga aylandi.
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida 
Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari 
kirib kelgan.
XVI asr boshlarida xonlik aholisi ko‘chib kelgan o'zbeklardan 
tashqari „turk chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan. Manbalarda 
XVII asr oxirlarida esa o‘zbek va tojiklardan iboratligi qayd etilgan.
Markaziy boshqaruv 
Buxoro xonJi8i ma’muriy jihatdan viloyatlar 
va tumanlarga bo‘lindi. Xonlikda oliy dav­
lat idorasi temuriylar davridagidek dargoh, ijro etuvchi hokimiyat 
esa avvalgidek devon (vazirlik) deb atalishda davom etdi. Unga de- 
vonbegi (Bosh vazir) rahbarlik qildi.
Devonbegi, ayni paytda, davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini 
ham boshqarardi. Biroq shayboniylar davrida devon faoliyati temu­
riylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga dargohdagi mansablar 
mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi.
Yana bir katta davlat mansabi - otaliq edi. Xon siyosatining 
viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlaming nufuzi bilan 
belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan
ularga ustoz, rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan kishisini ta- 
yinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Bu 
nom otaliq qiluvchi, otasining o‘mini bosuvchi ma’nolarini anglatgan.
Yana bir davlat mansabi - parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi 
xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga 
yetkazishdan iborat bo‘lgan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling