0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


- §. Buxoro xonligining tashqi siyosati


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

12- §. Buxoro xonligining tashqi siyosati
Buxoro xonligi va Rossiya 
Buxoro xonligining Rossiya bilan mu-
nosabati XVI asrning ikkinchi yar- 
midan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini 
yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o‘z davlatining siyosiy 
ahvolini mustahkamlashga ham erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan 
38


Ivan Grozniy
Grozniy davrida Rossiyaning mavqeyi ko‘ta- 
rildi. Xususan, Qozon xonligi (1552-yil), Hoji- 
tarxon xonligi (1556), Volga bo‘ylaii va G‘ar- 
biy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib 
olindi. Bu hoi Rossiyaga savdo yo‘llarini na- 
zorat qilish imkonini berdi.
Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq 
ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kel- 
gan savdogarlar uchun ancha qulay edi.
Ularga eng yaqin qo‘shni mamlakat Rossiya 
bo‘lib qolgandi. Qolaversa, qozon tatarlari, 
orenburgliklar va boshqirdlar bilan din va til 
yaqinligi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1557-1558-yillarda Buxoro xonligidan Mos- 
kvaga elchi yuborildi.
Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ish­
larini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo xon- 
liklarning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. 
Ikkinchidan esa, Rossiya 0 ‘rta Osiyo orqali Osiyoning boshqa mam- 
lakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirisb imkoniga ega bo‘lardi. 
Bu o‘rinda, birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga 
olindi. 1555-yilda Moskvada ingliz-rus iqtisodiy aloqalari rivojiga 
xizmat qiluvchi „Moskva kompaniyasi“ tashkil etildi. 1558-yilda 
kompaniya Rossiya orqali Sharqqa yo‘l ochish uchun o‘z elchisi 
Antoniy Jenkinsonni Buxoroga yubordi. Elchi Abdullaxon II tomonidan 
qabul qilindi. Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Bu­
xoro xonligi o ‘rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo!lga 
qo‘yildi.
Rossiya bilan Buxoro munosabatlarida Ashtarxon (Astraxon) or­
qali Buxoro xonligi fuqarolarining Макка shahriga Haj safariga bori- 
shi masalasi ham muhim o‘rin tutgan. Chunki Xuroson orqali haj 
safariga borishdagi eng qulay yo‘l Eron safaviylari nazoratiga o‘tib 
qolgan edi. Haj safariga Ashtarxon orqali borish masalasini hal qi­
lish borasida Buxoro xonligi Usmonli davlati bilan birgalikda harakat 
qilishga qaror qildi. Bu bejiz emas edi. Chunki Usmonli davlati sul- 
tonlari musulmon olamining xalifasi hisoblanar edi.
XVI 
asrda yevropaliklar tomonidan dengiz savdo yo‘lining ochi- 
lishi Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini pasaytirdi. Shu tufayli Usmonli
3 9


davlati hech bo‘lmaganda Ashtarxon yo‘lini o‘z oazoratida saqlab qo- 
lishdan manfaatdor edi. Shuning uchun oxir-oqibat Rossiyaga qarshi 
harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Tabiiyki, Usmonli sultoni buni 
Haj safari yo‘lini ochish uchun harakat deb e ’lon qildi.
1569-yilda Rossiya - Usmonli davlati o‘rtasida urush boshlandi. 
Urushda Usmonli davlati yengildi. Shunday bo‘lsa-da, sulton Rossi- 
yadan Haj safari yo‘lini ochib qo‘yish talabini davom ettirdi. Oxir- 
oqibat Rossiya 1572-yilda sultonning talabini qondirdi.
Rossiya — Buxoro manfaatlari Sibirda ham to ‘qnashdi. Zero, Ja- 
nubi-g‘arbiy Sibir shaybon ulusi tarkibiga kirgan.
1563-yilda Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan Shayboniy 
Ko‘chimxon Sibir xonligi taxtini egalladi.
1581-yilda Rossiya Sibir xonligiga qarshi Yermak boshchiligida 
qo‘shin yubordi. Dastlab u g‘alaba qozonsa-da, 1584-yilda mag‘lu- 
biyatga uchrab halok bo‘ldi. Abdullaxon II o‘z davlatidagi ichki 
ziddiyatlami bartaraf etish va harbiy yurishlar bilan band bo'lganligi 
uchun keyinchalik Ko‘chimxonga yordam bera olmadi. Shunday bo‘l- 
sa-da, u Ko‘chimxonga yuborgan xatida o‘zaro ichki ziddiyatlami va 
kurashlami tugatish orqali xonlikni halokatdan saqlab qolish mum- 
kinligini uqtirdi. Shundan so'ng Rossiya bosib olgan hududlami 
qaytarib olish lozimligini ta’kidladi. Biroq 1598-yilda Rossiya va 
Sibir xonligi o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda rus qo‘shini g‘alaba qo- 
zondi.
1598-yilda Abdullaxon II va Ko‘chimxon vafot etgach, Buxoro 
xonligining Sibirdagi siyosiy ta’siri butunlay yo‘qqa chiqdi. Lekin 
savdo-sotiq ishlari davom etaverdi.
XVII 
asrda Rossiyada markazlashgan davlat tarkib topa boshladi. 
Asr oxiriga kelganda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga 
aylandi. Butunrossiya bozori shakllandi. Bu omillar Rossiyaning 0 ‘rta 
Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishni 
hayotiy zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Natijada, Rossiya 1620-yildan 
1675-yilgacha o‘tgan davrda xonliklarga 4 marta elchilarini yubordi. 
XVII asrda 0 ‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasida savdoda tovar ayirbosh- 
lash 100 ming rublni tashkil etdi.
Rossiya elchilari Buxoro xonligi bilan faqat savdo aloqalarini ke- 
ngaytirish masalalarini hal etibgina qolmadilar. Xususan, 1620-yilda 
Buxoroga yuborilgan Rossiya elchisi I.D.Xoxlovga Buxoro xonligining 
tashqi siyosiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot to ‘plash, Rossiyaning
4 0


kuch-qudratiga xonni ishontirish, Buxoro xonligi qurolli kuchlari, 
xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o‘rganish, Buxoro—Xiva mu­
nosabatlari masalalarini tahlil qilib chiqish kabi vazifalar ham yuk- 
latilgan. I. D. Xoxlov o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ba- 
jardi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling