0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Qo‘shinning boshqa- 
rilishi, harbiy 
mansablar
Xon qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni edi. 
Qo‘shinning o ‘ng va chap qanotlari hamda 
qalb shayboniy sultonlar va shahzodalarga 
topshirilgan. Chunonchi, 1512-yilda G‘ijdu- 
vonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda 
shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o‘ng qa- 
notga Shayboniyxonning o ‘g‘li Muhammad Temur, chap qanotga 
Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said Sultonlar qo!mondonlik qilishdi.
Qo‘shinda tavochi mansabiga tayinlangan amaldor harbiy askar- 
larni to ‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shu- 
g‘ullangan. Shuningdck, u qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham 
mas’ul bo‘lgan.
Jevachi mansabida xizmat qilgan amaldor esa qo‘shinni qurol-ya- 
rog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan. Ayni paytda, u 
xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan.
Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari ya- 
sovul deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan.
Xon qurchi tomonidan qo‘riqlangan. Yalovbardor esa davlat bay- 
rog‘ini ko‘tarib borgan.
Q o‘rxona boshlig'i lavozimida xizmat qilgan harbiy esa harbiy 
qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan, An’anaga ko‘ra, qo‘shin as- 
karlar soniga qarab bo‘lingan. Ularga o'nboshi, ellikboshi, yuzboshi 
va mingboshilar boshcbilik qilishgan.
32


n

t| 
Qo‘shin o'q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon, 
cho‘qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan. 
0 ‘q va yoy asosiy qurol edi. Ular hujum paytida ham, shahar yoki 
qal’a mudofaasida ham ishonchni to‘la oqlagan.
Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama sadoq deb 
atalgan. Askarning o!zini o‘zi himoya qila olishida sovut va dubulg'a 
muhim rol o‘yaagan.
To‘fang (miltiq) bilan qurollantirilgan guruh tofandoz deb atal­
gan. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash XVI asrning o‘rta- 
laridan boshlandi. Bu davr to‘fanglarining stvoli misdan tayyorlangan 
edi. Keyinchalik ular Usmonli davlatining stvoli temirdan yasalgan 
to‘fanglari bilan almashtirildi. Biroq butun XVII asrda ham o‘q-yoy 
otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi. Harbiy yurish chog‘- 
larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga kejirn deb 
ataluvchi maxsus yopinchiq yopishgan. Bunday yopinchiq Yevropadan 
bam olib kelingan.
Harbiy harakatlarda naftandoz (neftni yondirib otuvchi) va man- 
janaq (tosh otuvchi) qurollar, asosan, shahar yoki qal’alarni qamal 
qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to ‘zg‘itib yubo- 
rishda qo‘llanilgan.
Manbalarda qayd etilisbicha, xonlik qo'shinida zambarakVdi ham 
bo‘lgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida xonlikning iqtisodiy ta- 
raqqiyoti tobora pasayib bordi. Buning asosiy sababi markaziy ho- 
kimiyatning nihoyatda kuchsiz bo‘lib qolishi natijasida siyosiy paro- 
kandalik yuz berganligi edi. Iqtisodiy tanazzul oqibatida ashtarxoniylar 
davrida xonlik muntazam qo‘shin saqlay olmadi.
1. Qo‘shin turlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Qo‘shinda xizmat qilgan tug‘chi, yalovbardor, tavochi, yasovul va 
jevachi mansabidagi harbiylar qanday ishlar uchun mas’ul bo‘lish- 
gan?
3. Qo‘shin qurol-yarog* laming qanday turlari bilan qurollantirilgan?
✓ 'Т'л Maktabingizdagi „Chaqiriqqacha bo'lgan boshlang'ich tayyorgarlik" 
o‘qituvchisi yordamida bugungi 0 ‘zbekiston armiyasi qanday tar- 
kibiy qismlardan tashkil topganligini aniqlab keling!
3 - O ‘zbekiston tarixi, 8-sinf
33



Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling