0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

10-§. Buxoro xonligida harbiy ish
Xonlik qo‘shinining 
tuzilishi
Ma’lumki, har qaysi davlatning siyosiy ou- 
fuzi ko‘p jihatdan qo‘shinining qudratiga 
bog‘liq ekanligi tarix isbotlagan haqiqatlardan biridir. Shuning uchun 
shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga mu- 
vaffaq bo‘lganlar. Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol- 
yarog‘laming barcha turidan mohirona foydalana olgan.
Qo‘shin tarkibiga ko!ra, asosan, otliq va piyoda askarlardan iborat 
edi. Tuzilishiga ko‘ra, qalb, o ‘ng va chap qanot, manglay (avangard), 
ilg'or, manglay qorovul, tu g ‘chi, hirovul kabi qismlarga bo'lingan. 
Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli 
va tartibli bo‘lgan. Qo‘shinning asosini o‘ng qanot (barong’or) va 
chap qanot (Javong'or), hamda hirovul (orqa qism) bo‘linmalaridan 
iborat qalb, ya’ni markaziy qism tashkil etgan. Qo‘shin harbiy yu- 
rish boshlagan vaqtda uning oldida ilg‘or deb ataluvchi qism borgan. 
Uning vazifasi yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmagan- 
ligini aniqlash edi. Ilg‘ordan so‘ng manglay (avangard) borgan. Unga 
qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yukla- 
tilgan. Qo!shinning qorovul qismi umumiy qo‘shinni qo'riqlab borgan.
Katta va kichik g'ullar esa maxsus qism bo'lib, Oliy bosh qo‘mon- 
don (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. Chanoh esa qo‘shinning 
o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi. Barcha qism-
31


lar o ‘rtasida maxsus choparlik xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat Oliy 
bosh qo‘mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib 
turardi.
Qo‘shin tarkibida tug'chi qism ham bo‘lib, u davlat bayrog‘ini 
qo‘riqlagan. Bundan tashqari, zabongiri (dushman tomonidan asir olib 
keluvchi) hamda xabargiri (razvedka) deb ataluvchi maxsus bo‘lin- 
malar ham bo‘lgan. Ba’zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xiz- 
matlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amal- 
ga oshirilgan. Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun 
maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy - borgoh ham tay- 
yorlangan. Borgoh xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan 
qo‘riqlangan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling