0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

35
Shayboniylar o‘tkazgan 
islohotlar


Mis tanga. XVI asr
paytda, dehqonlarning soliq to ‘lash imkoniyatini oshirishga, davlat 
mulkini ko‘paytirishga xizmat qildi.
Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar
o‘z mohiyatiga ko‘ra, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat 
qildi.
Shayboniy Abdullaxon II o ‘tkazgan pul islohoti ham Buxoro 
xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U mazkur islohotni 
o‘tkazishda kumush narxining ko'tarilganini hisobga oldi. Islohotga 
ko‘ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 27 ta mis 
tangaga tenglashtirildi. Abdullaxon II ning pul islohoti tufayli kumush 
tanga ko‘p miqdorda chiqarildi. Natijada, narxi ko'tarilgan kumushning 
ko‘plab miqdorda boshqa davlatlarga chiqib ketishiga chek qo‘yildi. U 
oltin pul zarb etishni ham yo‘lga qo‘ydi va uning tarkibiga qiymati 
past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat os- 
tiga oldi. Bu pullar xonlikning butun hududida muomalaga kirdi. Bu 
islohot, o!z navbatida, hokimiyatning markazlashuviga, xazinaga katta 
daromad tushishiga olib keldi. Shuningdek, ichki va tashqi savdo-so- 
tiq yanada rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Iqtisodiy hayot 
Shayboniylar davrida ham dehqonchilik iqtisod-
ning yetakchi tarmog‘i bo‘lib qolaverdi. Uning 
rivojlanishi sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarning qancha- 
lik muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq edi. Shuning uchun ham 
bu masalaga jiddiy e’tibor bilan qaraldi. Sulola vakillari Sangzor
Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoni- 
yatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rdilar.
Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish 
uchun 10 dan ortiq kanallar qazildi. Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, 
Abdullaxon II davrida keng rivojlandi. Masalan, 1556—1585-yillar 
oralig‘ida Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari, ko‘plab suv 
omborlari bunyod etildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Bek- 

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling