0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

36


Abdullaxon bandi
Zarafshon daryosida qurilgan ko‘prik - suv ayirg'ich
Abdullaxon timi
larsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g ‘on qoldiqlari o !rnida ulkan 
to !g‘on - Abdullaxon bandi qurildi. Uning ravoqlarini to‘g‘on te- 
pasida turib ochish yoki berkitish mumkin edi. Abdullaxon bandiga 
1 million 200 ming kub metr suv to‘plangan.
Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta tiklash, sardobalar, bozorlar, 
karvonsaroylar qurish va ta ’mirlash masalasiga ham alohida e’tibor 
berdi. Xususan, 1577-yilda Buxoroda yirik, usti berk bozor - tim 
qurildi. Bu inshoot Abdullaxon timi deb ataladigan bo‘ldi.
3 7


Soliq va majburiyatlar
Xonlikda asosiy soliq sug‘oriladigan yerdan
olinadigan xiroj edi. U daromadning 30 
foizdan 40 foizgachasini tashkil qilardi. DavLat muassasalari, qo‘shin 
va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot 
deb atalardi. Aboli mol-mulkidan olinadigan soliq - zakot, hukmdor 
uchun yig'iladigan maxsus soliq - zobitona, harbiy soliq - mada- 
di lashkar deb nomlangan edi. Davlat pulga muhtoj bo‘lganida fav- 
qulodda soliqlar ham joriy etilgan.
Aholiga davlat oldida o‘tashi shart bo‘lgan yasoq deb ataluvchi 
mehnat majburiyati ham yuklatilgan. Bu majburiyat aholini kanallar
zovurlar qazishga, yo‘l va ko‘priklar qurishga, yem-xashak tayyor- 
lashga jalb etishni nazarda tutgan. 0 ‘zaro urushlar ko‘payib ketgan 
yillari soliqlar bir necha yil uchun oldindan olinardi. Og‘ir yillarda 
aholiga hatto jizya -  jon boshi solig‘i solinardi.
1. Buxoro xonligida yer egaligining qanday turlari bo'lgan va ular 
qanday shakllantirilgan?
2. Mulki xolis qanday tartibda shakllantirildi?
3. Suyurg‘ol yer egaligining salbiy oqibatlari haqida nimalarni bilib 
oldingiz?
4. Shayboniyxon va Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohotlarini bir-biri 
bilan taqqoslang va xulosalaringizni bayon eting.
5. Buxoro xonligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun amalga 
oshirilgan ishlarni qayd eting.
Quyidagi savollarga javob topib keling:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasida pul islohoti qachon o'tkazildi?
2. Avvalgi zamonlarda bo'lganidek, hozirgi kunda ham hamma yer 
davlat mulki. 0 ‘zbekistonda shu mulkdan hozirgi kunda qanday 
shakllarda foydalanilmoqda?

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling